1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   206
M.A.

IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha 
Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini XIX asrning 40-yillarida 
boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi paytgacha ham kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib 


qolmoqda. Marketing jarayonlarini yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy metodologiya 
tamoyillari va qoidalarni yaratishga urinishlar marketing faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-
iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan fan asoslari bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor 
sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil qilish va bashoratlash uchun 
nazariy asos yarata olmadi. Bunga marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash 
metodlari va metodologiyasini iqtisodiy talqin qilish (sharhlash)ning murakkabligi ham sabab 
bo‘ladi. 
Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing texnologiyalarini faol ravishda 
firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq etishni taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, 
raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof raqobatni vujudga keltirib, 
firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor berishga undaydi. Tadbirkor, biznesmen va ishlab 
chiqaruvchilarning marketing kompleksi va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar bilan 
asoslanadi. 

Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yurituvchi subyektlarga erkinlik 
beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat qilish, faoliyatni cheklash kabilarga esa qonuniy 
tomondan barham beriladi. 

Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat yuritishning samarasiz ekanligi. 

Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida tadbirkorlik korxonalarining 
marketingga murojaati boshqarishga boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi. 

Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovatsion yondashuv, axborot 
texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib 
borishini marketingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va 
ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing bevosita ta’sir etadi. 
Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga xos xarakterga ega. Mahsulot 
ishlab chiqaruvchidan to oxirgi iste’molchiga yetib kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Bu orada savdo funksiyalari bilan chakana va ulgurji xaridolar shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor 
foyda olish maqsadida tovarni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib uni boshqa 
shaharlarga, savdo tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi narxlarni belgilab foyda ko‘radi. Bu 
yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas, balki vositachi rolini o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor 
tovar va xizmatlarga talabni shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi firmalarning 
kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi bu tadqiqotlar asosida yangi 
innovatsion tovar yaratish bosqichi. Ilmiy tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va 
tovar turlari yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan potensial talab hajmlari aniqlanadi. 
Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi 
kabilarni modellashtirish amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun firmaning 
resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba – sinov laboratoriyalarida mahsulotning 
namunalari chiqariladi va sinovdan o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning fikri tahlil qilinib, 
uning dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari haqida qaror qabul qilinadi. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin