Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


yil Samarqandda chop etilgan va  106



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
yil Samarqandda chop etilgan va 
106 
saxifadan iborat bo’lgan. Darslik adibning tanlangan asarlarining (
1999 y

kirish qismida geografik nuqtai nazardan juda yaxshi va har tomonlama
tahlil qilingan. Darslikning muhim va ilmiy - metodik jihatlaridan biri u 
Turkiston nuqtai nazaridan, Turkiston aholisining bilim saviyasi nuqtai 
nazaridan yozilganidir. Darslikdagi har bir mavzu yoritilganda Turkiston 
tabiati, xo’jaligi, aholisi to’g’risida albatta misol keltiriladi yoki mazkur 
bilimlar Turkiston xaqidagi bilimlar bilan solishtiriladi. Demak, 
Maxmudxo’ja Bexbudiyni darsliklarda o’lkashunoslik ma’lumotlaridan 
foydalanish va yosh avlodga, vatanga nisbatan muxabbat tushunchalarini 
shakllantirishni asoschilaridan biri diyishga to’la asosimiz bor. Chunki 
umumdunyoviy bilimlar o’lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas 
bog’langan holda berilgan. Bundan tashqari darslikda asrimiz boshlaridagi 
Turkistonda dunyoviy bilimlarni o’qitish xolati va ommaning hamda 
ulamolarning bilim darajasiga ham aniq va haqqoniy baho berilgan. 
Darslikning mazmuni quyidagidan iborat: kirish; ‚jug’rofiya‛ degan 
so’zning ma’nosi; jug’rofiya qachon paydo bo’lgan; Turkistonlik donish-


mandlar; jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga 
lozimdir; eski va yangi donishmandlar; yangi muxokamani so’zidan 
namuna; Yer aylanganda ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya; 
karta; plan; xukumat va xukumronlar; din va odat; o’lchak miqiyos; 
Amriqoning topilishi; tavsil va tabix. 
‚Geografiya‛ so’zining ma’nosini Maxmudxo’ja Bexbudiy ta’rifi 
bo’yicha ‚Er va tuproqni bayon qilaturg’on ilimni aytadur‛. Darslikda 
geografiyani quyidagi tarmoqlari ajratiladi: ‚Matematik geografiya‛ 
(Jug’rofiyai riyoziy), Tabiiy geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy 
geografiya (Jug’rofiyai tarixiy), Siyosiy geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va 
x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy 
xodisalar xaqida bilim beradigan jahonnomadur deb ta’rif beradi. 
‚Geografiya qachon paydo bo’lgan‛ qismida geografiyaning qisqacha 
rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta 
asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda 
geografik bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan. 
‚Turkiston donishmandlari‛ bo’limida Turkistonlik allomalarning 
geografiya faniga qo’shgan xissi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston 
tarixida tilga olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi. 
‚Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi‛ bo’limida gerafik bilimlarni kundalik 
xayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida 
yoritib berilgan. 
‚Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur‛ bo’limida 
musulmon allomalari asarlariga tayangan holda musulmonlar uchun 
geografik bilimlarni ahamiyati ochiib berilgan. 
‚Atrof; Jixoyati Asliya; Karta; Plan‛ bo’limida ufq va ufqning asosiy va 
oraliq tomonlari, karta va plan xaqida bilimlar tizimi berilgan. Kartaning 
Bexbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli, 
topografik) ‚kartai umumiya, kartai xususiy, kartai to’pugrafik‛. 
‚Xukumat va xukumronlar‛ bo’limida davlatlarni boshqarishning 
turlari keltirilgan bo’lib, mazkur turlar xozirgi turlarga diyarli mos keladi. 
‚Din va odat‛ bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida 
to’xtalib o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy 
va ilmiy axamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muxim 
axamiyatga ega bo’lgan asardir. Uning har bir bo’limi alohida tahlil ga 
sazovordir. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin