Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

2.2. O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi. 
O’rta asrlarda geografiya fani va uni o’qitish metodikasi yanada 
rivojlandi va chuqurlashdi. Yangi kitob va darsliklar yozildi, yangi yerlar 
ochilishi bilan dunyo kartasi yanada aniqlasha boshladi. 
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishini 2 bosqichga bo’lis-
himiz mumkin: o’rta asrning birinchi bosqichida geografiya ta’limining 
rivojlanishi;buyuk geografik kashfiyotlar bosqichida geografiya ta’limining 
rivojlanishi. 
O’rta asrlarning birinchi bosqichida geografiya ta’limining rivojla-
nishi. 
Mazkur bosqichda geografiya ta’limi asosan sharq mamlakatlarida 
rivojlandi. Geografiya ta’limini rivojlanishini mazkur bosqichida quyidagi 
natijalar olingan: 
-IV asrda Aleksandr Kosma Indikollev tomonidan dunyo kartasi 
tuzildi. Uning kartasida shimoliy Afrika, Yevropa, O’rta dengiz, Osiyo, 
Kaspiy dengizi tasvirlangan; 
-VIII-IX asrlarda Axmad Al-Farg’oniy astrolobiya asbobini yaratdi.
Uning astranomiya darsligi bir necha asrlar davomida Yevropa 
mamlakatlarida asosiy darslik sifatida qo’llanildi; 
-Muxammad Ibn Al Xorazmiy IX asrda ‚Surat-al-Arz‛ nomli kitob 
yozgan; 
-Abu Rayxon Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratdi. Dunyo kartasini 
tuzdi. Geografiya fanini rivojlanishiga katta xissa qo’shdi. U ‚Hindiston‛, 
‚Mineralogiya‛, ‚Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‛, ‚Geodeziya 
(matematik geografiya)‛ nomli asarlar yozgan; 
-Abu Ali Ibn Sino relefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni 
o’rni va ahamiyatini ochib beradi; 
-Zaxiriddin Muhammad Bobur o’zining ‚Boburnoma‛ asari bilan 
regional geografiyani rivojlanishiga juda katta xissa qo’shdi. Asarda 


keltirilgan ma’lumotlar asosida O’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta 
asrlardagi tabiiy sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin. 
Demak, o’rta asrlarning birinchi qismida geografik bilimlar yanada 
kengaygan va chuqurlashgan. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin