Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografiya fanining shakllanish bosqichi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Geografiya fanining shakllanish bosqichi.
(Eramizdan avval VII-
asrdan eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning 
rivojlanishi odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengayishi hamda yirik 
davlatlarning vujudga kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. 
Geografiya va boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlana boshlagan. 
Eramizgacha VI-asrga kelib yerning shakllanishi xakida turli fikr va 
qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda yer xaqidagi geografik bilimlar 
Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan 
dunyo kartasini chizgan,erni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya 
bo’yicha yirik asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini 
bosgan. Aristotel tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning 
sharsimonligi, yerda issiqlik mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo 
kartasi tuzildi. Uning kartasida Gomer kartasidagi joylar yanada 
kengaytirilgan. Uning kartasida kishilar yashaydigan issiq mintaqa va 
kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel tomonidan 
tuzilgan dunyo kartasida Afrikaning shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa 
qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy 
dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va 
boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel ‚Meteorologiya‛ nomli kitob yozgan. 
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi 3- 
asrda Eratosfen yozdi va ‚Geografiya‛ atamasini fanga olib kirdi. Mazkur 
darslik uch qismdan iborat bo’lgan. Birinchi bo’limda geografiyaning 
rivojlanish tarixi, ikkinchi bo’limda Yerning o’lchamlari, quruqlik va 
okeanlar chegaralari, iqlimlar tavsifi berilgan, uchunchi bo’limida esa 
quruqlikni materiklar va okeanlarga bo’linishi va o’sha davrdagi yirik 
davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari Erotosfen dunyo kartasini 
tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan. 
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida 
Strabon 17-tomli ‚Geografiya‛ nomli asar yozgan. Strabon tomonidan 
mamlakatshunoslik geografiyasi rivojlantirilgan. 
Xuddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga juda ulkan xissa 
qo’shgan Klavdiy, Ptolomey yashagan. U geografik kartalarni daraja to’ri 


bilan tuzish usulini ixtiro qilgan. Shu usulda dunyo kartasini tuzgan. U 8-
tomlik ‚Geografiya‛ asarini yozgan, uning kitobida keltirilgan kartalar 
konusli va stereografik proektsiyalarda tuzilgan. Shimol doimo 
kartalarning yuqori qismida tasvirlangan. 
Demak qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, 
dunyo kartasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar 
yozilgan. Kartalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol 
tomon kartalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin