46-variant
1.Zardushtiylik. Avesto -Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini oʻrganishda muhim manba sifatida.
2.Amir Temur tuzuklari - davlat boshqaruv asosidir.
3.XX asrning 20-30-yillarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan o’zbek elati tashkil topgan.
Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.
Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.Asoschisi — Zardusht deli. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimda paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Zardushtiylikda "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun Zardusht — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. Zardushtiylik taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoda bayon etilgan. Zardushtiylik taʼlimoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bog'liq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayonlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtlikning axloqiy taʼlimoti "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. Zardushtning talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Zardushtlikda eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan. Zardusht insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni taʼminlash uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qoʻyilgan. Zardushtlikda har bir inson butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish yoʻliga sarf etmogʻi lozim. Zardushtlik murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.
Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mo'l» Sogd (Sug'd), «Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland ko'tarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baktriya) zikr etiladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik bu uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, Sug'd, Farg'ona yoki Baktriyani ayta olamiz.
Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutoasa va Shoh Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht taʼlimotini qabul qiladilar. Natijada qo'shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g'alaba qozonadi. Shundan so'ng bu taʼlimot xalqlar o'rtasida keng tarqala boshlagan.
Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi «Gotni» yozib shohning otashkadasiga topshirgan.
«Avesto» - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba
O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.
Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir.
«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men - Ahura Mazda - yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara iyron Vij (hozirgi Xiva o'rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan ikkinchi sarzamin va go'zal yurt So'g'd diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go'zal yurt qudratli va рок Man/ diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan to"rtinchi sarzamin va go'zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go'za] yurt Balx va Marv oralig'idagi Nisoyadir».' Keltirilgan budalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo'lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» degan ma'noni bildiradi. Zardusht o'z dini zardushtiylik g'oyalarini aholi o'rtasida tashviq-targ'ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo'lgan. Shu boisdan ham, Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotamiyami yoxud O'rta Osiyo o'lkasi bo'ylabmi, ishqilib, ko'p yurtlar kezib, o'z ta'limotini yoyishga intilganligi shubhasiz.
Bunda yana shu narsa e'tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha /oroastrizm) dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan, uni o'z fuqarolari orasida yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.
Buyak alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbot yetish uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi.
Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologcz I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (\U- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltiriSgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gotlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtiar», «Vispirad», «Kichik Avesto* nomli kitoblari yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinib,2001- yilda nashr etildi.«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya'ni mil. av. so'nggi ming yillik boshiarida oMkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o'tib borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona singari viloyatlarida urug'-qabila-larning o'troqlashuvi, sun'iy sug'orish tizimiga asoslangan dehqon-chilik madariiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, chorvachilikning mustaqil xo'jalik Tarmog'i sifatida o'sib borayotganligi, qishloqlardan shahar-qal'alar, so'ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko^zgatashlanmoqda edi.
Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida turli urug'-qabila va elatlarni ma'nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg'or qarashlar, mushtaraklik tuyg'ularini, e'tiqod tamoyillarini singdirib borish g'oyatda muhim edi.
«Avesto» ta'limoti bir tomondan, yerii qabila, elatlarni turli mahalliy ko'rinishdagi bid'at va xurofotlarta'siridan xalos bo'lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkam-lanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomil-lashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga, «Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan.
Manbaning turli ma'lumotlariga ko'ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to'quvchiiik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o'ziga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma'buda - ezgulik, yorug'lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong'ulik, razolat timsoli - Ahriman o'rtasidagi doimiy murosasiz kurash g'oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunmi tashkil qiladi. Zardusht payg'ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga yetkazishga da'vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masalada fikr yuritganda, Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o'rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug'laymiz, u chorvani, suvni va o'simlikni, yorug'likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg'ash, olovga tupirish eng og'ir gunoh sanaladi.
«Avesto» awalgi dinlarda rasm bo'lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat'iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta'kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q.
Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo'lib, u insonning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug'langan. Shu bois, ajdodlarimizning ko'plab toLy-tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, lining atrofida keng davra qurish bilan bog'liq holda o'tkazilgan. Bu odatlarning ba'zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, ahoii manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo'lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan.
Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir.
Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o'tmishdoshla-rimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta'lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o'rganishimizda muhim dasturilamal manba bo'lib xizmat qiladi. Linda umumbashariy g'oyalarning chuqur aks etganligi sababli, bu asar keng hududlar bo'ylab yoyilib, Sharq-u G'arbda e'tirof etilib, turli xalqlarning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta'limot g'oyalari o'z ta'sirchan ahamiyatini ko'rsatib, asl ma'naviyatimiz sarchashmala-ridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.
2.Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.
ISLOM KARIMOV,
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Esseng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon yaxshi anglaydi, albatta. Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, "Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir", degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: "Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur", degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchun, XXI asr siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash joiz.
TEMUR TUZUKLARI" - Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y. Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.
Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.
"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.
Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.
Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.
1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.
1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.
"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967 y. Toshkentda "Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989 y. oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: "...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989 yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini "Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi".
Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y. Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967 yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.
Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.
1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.
"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.
"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temur"ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.
1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991 ya 1996 y. nashrlari soʻz boshida ham bor.
"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.
19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836 y. Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik intida saqlanmoqda.
Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot" nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg shahrida M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi.
N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr etildi.
1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi.
Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan "Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy") kitoblari chop etildi.
3.
Dostları ilə paylaş: |