25-30
yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi.
1924
yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida
fanlar o’tilmas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi.
192
7
-28
yildan boshlab geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila
boshlandi.
1934-
yil
15
mayda geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat
qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni sifatini o’ta pastligi qattiq tanqid
qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani uch bo’g’inga bo’lib
o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3
-
sinfda o’z turar joyining tabiiy geogra-
fiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 6-sinfda
qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi,
soatlar miqdori ko’paytirildi. ‚Geografiya v shkole‛ jurnali nashr qilina
boshlandi.
1958-
yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror
qabul qilindi. Unda o’z o’lkasi geografiyasini o’rganishga katta e’tibor
berildi. Ilmiy tekshirish institutlari tashkil qilindi,ularda geografiya meto-
dikasi laboratoriyalari tashkil qilindi.
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darin-
skiy, I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr
qilindi.
2.4 Xorijda gegrafiya ta’limi.
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi
kunda geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta
yo’nalishda olib borilmoqda.
1. Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida
(SHarqiy Yevropa va sobiq ittifoq o’rnida vujudga kelgan davlatlarda).
2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzda
o’rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko’pchilik
mamlakatlarida).
3. Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida
qo’shimcha fakultativ mashg’ulotlar (Filippin, Frantsiya, Yaponiya va
ko’pchilik mamlakatlarda) o’tkazish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan
tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq
joylardagi barcha maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar
tarzida emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar
tarkibiga qo’shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni
xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini
oshirish mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya
ta’limi bo’yicha yagona davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab
sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’quv dasturini tuzishi mumkin.
Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud bo’lib, ularning bar-
chasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va bir-biriga
o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi.
Uchinchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan
fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativ mashg’ulotlar orqali o’rganish
asosiy o’rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning
rivojlangan mamlakatlarida barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan
fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng
tarqalgan.
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni:
boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12
sinf.
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega.
Masalan, birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy
maqsadi atrof muxitni o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining
hayotini o’rganish va zarur kasblar xaqida ma’lumotlar olish, ta’limiy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi
maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo’jaligini
o’rganishdan iborat.
Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu
tufayli uni o’quvchilarga o’rgatish bo’yicha ikki fikr (yo’nalish) tarafdor-
lari bor.
Birinchi yo’nalish tarafdolarining fikri o’quv rejalarida geografiyani
mustaqil fan sifatida muntazam o’qitishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi
yo’nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan itegratsiya
(birikma) tarzida qo’shib o’qitishni isbotlab berishga urinadilar.
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jaxonda yetakchi bo’lib, 40-
50 yillardagi ta’lim isloxatida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy
o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix va jamiyat-
shunoslik bilan birlashtirildi. Geografiyani bunday o’qitish o’quvchilarga
talay qiyinchiliklarni tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda
pasayib o’quvchilar zarur ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoldilar.
Masalan, Michigan universitetining Geografiya fakultetida o’qish uchun
ariza bergan 400 o’quvchining yarmi geografiyani faqat boshlang’ich
sinflarda o’qiganlari ma’lum bo’ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda
AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash
ketayapti.
Jaxonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib
o’quvchilar istak hohishlari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi
mamlakatlar majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya
va Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisodiy va sotsologiya, biologiya, ximiya,
ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fin mamlakatlarida 9-yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz
gimnaziyalar keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o’quvchi yoki
o’quvchilar guruhi o’ziga yillik o’quv rejasi tuzadi. Bunday gemnazilarda
kurs raxbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Gimnaziyada o’quv yili 6 davrga bo’linadi. Har bir davr 6 xaftadan
iborat bo’lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bittadan fan
kuniga bir soatdan o’qiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o’qiydi. Sport
darslari mashg’ulotdan keyin o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar
bilimi baholanadi.Agar o’quvchi qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni
qaytadan tanlaydi.
Deyarli ko’pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan sobiq
SSRda va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning
rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlar, atrof
muxit muammolari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan kapitalistik davlatlarda geografiya ta’limining mazmuni
sifat jihatidan yuqori bo’lib, o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi ko’proq
muammolarni, turli nazariya va qonunlarni, kategoriyalarni o’rganishga
bag’ishlangan
bo’lib,
o’quvchilarga
o’zlashtirishda
bir
muncha
qiyinchiliklar tug’diradi.
Rivojlangan g’arb mamlakatlari geografiya ta’limida ta’limning ruhiy
jabhalari asosiy o’rinni egalagan.O’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqi qotlari
psixologlar ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, imitatsiya keng
qo’llaniladi. Masalan, o’quvchi biror kompaniyani prezidenti sifatida
fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi.
Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi
hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o’quv darsliklari va qo’llanma-
larini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qish uchun bir
necha qo’llanma chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lu-
motlarga boy bo’lib, axborot xususiyatiga ega. Bunday qo’llanmalarda
matn 20-30 % ni, tasvir 20 % ni, statistika 20 % ni, savol va topshiriqlar 20
% ni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar
qo’llanmalarida esa deyarli karta yo’q, ular o’rnini karta - sxemalar
egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham
taqqoslash xarakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng
baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar
mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savol-
larning aksariyati muammoli topshiriqlar, baxs savollari, amaliy o’yinlar
tarzida berilgan. O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida
kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qizqarli topshiriqlar,
matematik statistika usullari, turli o’yinlar, testlar tarzida geografik
bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan. O’quvchilar ularni mustaqil
bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar. Demak, geografiya
darslarida kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limi metodikasida eng
yetakchi o’rinni egallaydi.
Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
- ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi
zamon geografik tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish;
-gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodla-
ridan unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish;
-darslarda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish ya’ni
tasavvur, tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga
keng o’rin berilgan;
-o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda
o’rganish;
-5–8 sinflarda geografiyadan haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu
sinflarda asosiy Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi
o’rganiladi. Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar
beriladi.
O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya
etiladi. ‚Mamlakatlar va xalqlar‛, ‚Er va inson‛, ‚Yangi geografiya‛, ‚Er
bilimi‛ va hokazo.
9 – 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa
ham bo’ladi. Ayrim ‚Erlardagina‛ qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va
Germaniya geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar
iqtisodi, siyosiy va davlat tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi.
Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari
birgalikda birlashgan kurslar orqali o’qitishga e’tibor kuchaymoqda.
Gimnaziyada (11-13sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil
fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar tur-
kumidagi fanlarda xam beriladi.
Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni
o’rganishga ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, ‚Insoniyatning ko’payishi‛,
‚Ocharchilik muammolari‛, ‚Transport muammosi‛, ‚Sanoat markaz-
larida inson xayoti‛, ‚Sanoat iqtisodi‛ va x.k.
Frantsiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga
qo’yilgan. Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab
qo’yilgan.
Frantsiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan.
Shunisi qiziqki Frantsiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich
maktab 6,5,4,3 (o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish
faqat litseylarda amalga oshiriladi. 2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh)
sinflardan iborat Geografiya ta’limi 6-sinfdan boshlanadi, bunda ‚umumiy
geografiya va Afrika materigi‛ o’rganiladi. 5- snifda Amerika, Osiyo,
Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Frantsiyadan tashqari), 3- sinfda
Frantsiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom ettirish 2,1 va
bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi.
2-sinf geografiya dasturida kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va
ko’nikmalar chuqurlashtiriladi.
Litseyning birinchi sinfida Frantsiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar
2- bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinf-
larda to’rtta yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi
chuqur o’rganiladi.
Frantsiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular
muammoli qilib yozilgan. Barcha muammolar ‚inson -tabiat‛ mazmunidan
kelib chiqadi.
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatga
ega bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarga
qaranganda birmuncha yuqori pog’onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan
iborat: 1- bosqich 9 yillik majburiy ummuta’lim xalq maktabi, 2- bosqich
gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3nchi -sinfdan
boshlanadi va 9nchi - sinfda tugaydi, 3-4nchi sinfda o’z mamlakati va
qo’shni shimoliy davlatlarni tabiati va xo’jaligiga oid muammolar beriladi.
Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida
o’rganiladi, boshqa sinflarda esa o’quvchilar xoxishiga ko’ra maxsus kurs
sifatida o’rganish mumkin. Finlandiyada o’quv rejasi tez tez almashtirib
turiladi.
Vengiriya maktablarida geografiya ta’limi 7-yil davom qiladi. 4 yil
asosiy (5-8 sinf) va 3 yil (9-10-11 sinf gimnaziyada) darslar haftada 2 soat.
Geografiya ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga 3%
ekskursiyaga, 29% amaliy mashg’ulotlarga ajratiladi. Keyingi paytlarda
Vengriya gimnaziyalarida geografiyaga ajratilgan soatlar kamayishi
kuzatilmoqda.
Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10
yilgacha, o’rta maktabda o’qishni davom ettirish 4 yildan 8 yilgacha.
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib,
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlanadi.
Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quv dasturlari
geografiya darslari mamlakat xalq xo’jaligi ehtiyojini e’tiborga olgan holda
tuzilmoqda va yaratilmoqda.
Chet el davlatlarida geografiya ta’limida eng ko’p qo’llaniladigan
usullar quyidagilar hisoblanadi. Evristik suhbat metodi. Bunda asosiy
e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil bilim olishga, kichik tadqiqotlar
qilishga o’rgatishdan iborat. Rasmlar, turli xil xujjatlar, vositalar asosida
muammolar va savollar o’quvchilar diqqatiga havola etiladi.
Bunday usul ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya,
G’arbiy Yevropa davlatlarida keng tarqalgan.
Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar, jadvallar, kartalar
turlicha xatoliklarga yo’l qo’yib tuziladi va tarqatiladi, o’quvchilar yo’l
qo’yilgan o’sha xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil
misollar va masalalar yechish ham o’quvchilarni darsga bo’lgan
qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo’llaniladi, o’quvchilarda
ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish uchun ham
ko’proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor maxsulotni qayerda
sotish, transport xarajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli
foydalanish kabi misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi.
Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri, noto’g’ri tarzda aralashtirilib berilishi
shulardan to’g’risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan
usullardan hisoblanadi.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan
foydalanish, matematik modellashtirish keng tarqalgan o’qitish usullari
hisoblanadi. Ayniqsa baxs, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya
ta’limida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |