O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshi-
dan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urush yillari ko‘p 
sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, 
qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ularning 
hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki, ular 
shu yerda tug‘ilib, kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar.


64
Bugungi kunda respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida turli 
millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam 
mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim 
7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari 
rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio 
ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 
10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo 
totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Millatlararo munosabatlarda yangi davr
. Bugun respublika hudu- 
dida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraq-
qiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublika- 
sini rivojlantirishning besh ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strate- 
giyasida mamlakatimizda millatlararo 
totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida 
e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinch-
lik niyanada mustahkamlash, millatlararo 
barqarorlikni 
yuksaltirish 
maqsadida 
2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respub- 
likasi Prezidentining «Millatlararo muno-
sabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan 
do‘stlik aloqalarini yanada takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi far-
moni qabul qilindi. Farmonga muvofiq,
Baynal-milal madaniyat markazi negi- 
zida Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari 
qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat 
yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini 
qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari 
qo‘mitasi
.
«Do‘stlik» bog‘idagi 
Shomahmudovlar oilasi haykali 


65
va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda 
mustahkam tayanch bo‘ladi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin