O`zb tarix 11 узб indd


«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosidagi ta’lim shakllari



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosidagi ta’lim shakllari
9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim 
olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. 
Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim 
kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik 
qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy 
yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab 
ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur 
doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va 
tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi.
Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv 
dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila 
yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha 
takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga 
qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. Ularning 
moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi. 
O‘zbe-
kiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiy 
Oliy ta’lim 
O‘rta maxsus kasb 
hunar ta’limi 
Umumiy o‘rta 
ta’lim 
Maktabga- 
cha ta’lim 
Maktabdan 
tashqari ta’lim 
Oliy na’limdan 
keyingi ta’lim
K
adrlarni qayta 
tayyorlash va 
malakasini oshirish
O‘z R ta’lim 
turlari 









74
o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz 
yillik 
maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-
hunar kollejlarida ta’lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga 
bosqichma-bosqich o‘tildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi 
(1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin 
yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 
46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, 
ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish 
maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida 
viloyatlarda, joylarda biznes mak-
tabi, kichik va o‘rta maktab uchun
kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan
holda, yangi mutaxassislik (fermer,
soliq va bojxona xodimi, audit va
hokazo) lar kiritildi.Unga binoan, 
yurtimizda 1997-yildan boshlab ho-
zirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey 
bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim 
muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni 
samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor 
qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin