O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
2017-yilga kelib, mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurti, 
jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institutlar, 6 ta akademiya, 1 ta 
konservatoriya, 1 ta raqs va xoreografi ya oliy maktabi, 13 ta OTMlar 
fi liallari, 6 ta xorijiy davlatlar OTMlarining fi liallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida 
Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh 
qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, 
tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila 
yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentning 
2015-yildagi 
«Oliy 
ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga 
asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasa-
lari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida 
belgilandi.
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga 
oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan 
qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi 
davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or 
Toshkent xalqaro Vestminster 
universiteti.
Turin Politexnika universiteti.


78
yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli 
tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar 
natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari 
ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, 
Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, 
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur 
menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika univer-
siteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi
Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti 
filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin