O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
O‘zbekiston futbol terma jamoasi xalqaro turnirlarda uch marta 
bosh mukofotni qo‘lga kiritgan. Birinchisi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida 
olimpiya terma jamoasi, 2012-yil 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Osiyo 
chempionati g‘olibi, 2018-yilda 23 yoshgacha bo‘lgan olimpiya terma 
jamoasi Osiyo chempioni unvoniga sazavor bo‘ldi.
Osiyo chempionlari. 2018-y.
R.Ermatov. 2014-yilgi mundialda.


90
qadar), dunyo rekordini o‘rnatdi. Ravshan Ermatov Prezident farmonlariga 
muvofiq 2010-yili «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, 2014-yilda «El-yurt 
hurmati» ordeni, shuningdek, 2015-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, 
hamda «Malibu» avtomobili bilan mukofotlandi.
2018-yil Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tka- 
zilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga
kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Osiyo chempio-
natida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali 
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident 
sovg‘asi – bittadan yangi Chevrolet Malibu avtomobili topshirildi.
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida spor sohasida qanday tadbirlar amalga 
oshirildi?
2. Uch bosqichli sport o‘yinlari o‘tkazilishidan maqsad nima?
3. Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlarni sanang.
4. O‘zbekiston futbol terma jamoalarining muvaffaqiyatlari qaysi yillarda 
amalga oshirilgan?
5. Quyidagi jadvalga sport turlari sohasida erishilgan ma’lumotlarni to‘l-
diring.
Olimpiada
Boks
Futbol
Kurash
14-mavzu. 
O‘zbekistonda yoshlar siyosati
Yoshlar tashkiloti
. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan 
keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti 
tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini 
bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va 
ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi natijasida 1996-yilda «Yoshlar ittifoqi» 
tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining «Kamolot» jam-
g‘armasi tuzildi. «Kamolot» jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat 
va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va 
davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo «Kamolot» 
?


91
yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy 
ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqara-
digan nodavlat, notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» 
yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining 
asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga 
ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning 
o‘z aql zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-
sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan 
iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent 
shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar,
huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 
28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z safl arida ixtiyoriy 
ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi. 
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
ishtirokida «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi 
bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda «Kamolot» YoIH tashkilot tugatilganligi va 
«O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi» tashkil etilganligi e’lon qilindi. 
Yoshlarning 
muammolari hamda tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri e’tiborida bo‘lishini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston yoshlar 
ittifoqi» raisi bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi 
lavozimida bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin