O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Olimpiada
. 1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 
101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi 
Yodda tuting
!
2003-yilda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda o‘tgan XXII Bosh 
assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi.
Kurash bo‘yicha xalqaro turnir.


88
to‘la- to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakatining 
rivoj-
lanishiga yordam bermoqda. U O‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini 
targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakillari ishtirokini 
ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va 
rivojlantirish vazifalari bilan shug‘ullanmoqda.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olim-
piya Qo‘mitasining qaroriga muvofiq, 
jahon sportini rivojlantirishdagi xiz- 
matlari va olimpiya g‘oyalariga sado- 
qati uchun O‘zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti I.Karimov 
Olimpiya Oltin ordeni bilan muko-
fotlandi. 
Toshkentda 1996-yil avgustda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tash- 
kil etildi. 2000–2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yin-
larida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. A.Tay-
mazov, M.Ibragimov (erkin kurash), A.Doktorashvili (yunon-rum kurashi), 
R.Sobirov (dzyudo), O‘.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov (boks), A. Fokin
(sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko (tramplin) kabi sportchilarimiz
mamlakatimiz sporti shuhratining xalqaro maydonda yanada oshishiga o‘z 
hissalarini qo‘shdilar. Xususan, erkin kurashchi Artur Taymazov bir necha 
karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yagona sportchi bo‘ldi. 
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI 
yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi. 
Ushbu Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi. 
Charm qo‘lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga 
muvaffaq bo‘ldilar. Ular: Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, 
Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev 
(kumush), Rustam To‘laganov (bronza), Murodjon Ahmadaliyev (bronza). 
Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng yuqori natijadir. 
Sportning ushbu turida medal jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston 
va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldirib, mazkur sport 
turida birinchilikka erishdilar. 
Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov 
Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi.
2016-yilgi Olimpiada sovrindorlari.


89
Futbol
. Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’ti-
bor davlat siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ommaviy 
va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini 
mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, 
Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yilda 
«O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi, 1996-yilda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy 
asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘-
risida»gi, 2006-yilda «O‘zbekistonda fut-
bolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidentining qarori 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Dunyoga O‘zbekiston sportchilarining 
salohiyati va qudratini namoyon eta-
yotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov 
O‘zbekiston futbol federatsiyasining xal-
qaro toifadagi hakami, 2003-yildan FIFA 
hakami statusini olgan. 2008, 2009,
2010, 2011 va 2014-yillarda besh maro-
taba Osiyoning eng yaxshi hakami deb 
e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyush-
malari federatsiyasi uni 2011-yilda
«Dunyoning eng yaxshi hakami» si-
fatida tan oldi. U o‘z faoliyati davo-
mida futbol bo‘yicha jahon chem-
pionatlari fi nal bosqichida eng ko‘p – 
9 uchrashuvni boshqarib (2014-yilga 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin