O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
2016-yil o‘zbek palovi YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘y-
xatiga kiritildi.


101
2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning shayx 
Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi. 
O‘zbekiston musulmonlari erkinlik va imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. 
Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas haj va umra amallarini 
ado etish imkoniyatiga erishdilar. Agar sovet davrida mamlakatimiz 
fuqarolaridan 3-4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 2016- yilga qadar 
har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishdi. 
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda 
bo‘ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish 
olib borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 
1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-Marg‘inoniy 
tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari fi krimizning 
yaqqol isbotidir. 2003-yili esa naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq 
G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
Buni o‘qing
!
 
1997-yil Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
 
2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
 
2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 
 
2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni 
bilan mukofotlandi.
 
2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
 
2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
 
2007-yil 
– 
Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi. 
 
2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
 
2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 
Yodda tuting
!
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi sonining va 
so‘nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlar sonining oshib 
borayotgani e’tiborga olinib, 2017-yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun 
haj kvotasi soni 5200 dan7200 nafarga ko‘paytirildi.


102

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin