O`zb tarix 11 узб indd


Tarixiy xotiraning tiklanishi



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Tarixiy xotiraning tiklanishi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan 
keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga 
munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshir-
masdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning 
o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning 
dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi. 
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi 
ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish 
negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili 
Alisher Navoiy tavalludining 550-
yilligi keng nishonlandi. Bu to‘y- 
ga respublikada katta tayyorgarlik 
ko‘rildi va u xalqning katta ma-
daniyat bayramiga aylandi. Uning 
yigirma jildlik mukammal asarlar 
to‘plami nashr etila boshlandi. 
Yubiley oldidan Alisher Navoiy-
ning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi.
Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga 
Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug‘ 
bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas 
ziyoratgohiga aylandi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan 
istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb 
A.Navoiy nomidagi Milliy bog‘.


96
ataladigan bo‘ldi. 1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon 
qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, 
YUNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar 
qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996-
yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. 
Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon 
qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy 
madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. 
Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va 
shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi 
qurildi. 
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda 
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 
oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng 
nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Abu Muin Nasafi y, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, 
Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o‘rganilib, 
ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso 
Samarqand, 
Amir Temur haykali.
Shaxrisabz, 
Amir Temur haykali.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
Yodda tuting
!
1993-yil Toshkentda, 1996-yil Samarqand va Shahrisabzda Amir 
Temur haykali ochildi. Shu yili Samarqand va Shahrisabz shaharlari «Amir 
Temur» ordeni bilan mukofotlandi.


97
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin 
Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror 
Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin