O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Badiiy adabiyot

Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik,
ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr 
yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kom-
munistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan 
qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi 
masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, 
Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, 
pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy
qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.
Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari 
Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri 
Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. 
Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan 
muhim vazifalarni hal etishda O. Sharofiddinov, B. Qosimov, 
N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, 
O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do‘stmuhammad, Sh. Sa-
limova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari 
o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. 
Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 


108
Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh 
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi.
Muzey. 
Millatimizning o‘zligini
anglashda milliy, tarixiy qadriyat-
lari-mizni tiklashda muzeylar alo-
hida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy
yodgorliklar maskani, adabiyot,
san’at, urf – odatlari, hayot obrazla-
rimizning moddiy va maishiy 
jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, 
tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni, 
tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham 
mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi 
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor 
berildi. 
1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 
2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – 
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. 
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan 
yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda 
muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat 
muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish 
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar 
faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Res-
publika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshi-
rishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 
1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. 
Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari 
bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 
sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin