O`zb tarix 11 узб indd


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va 
an’analarning tiklanishi. 
Xalq turmush tarzi 
va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning 
azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari 
tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida 
I.Karimov maqbarasi.
I.Karimov haykali. Oqsaroy.
Yodda tuting
!
Respublika rahbarligiga Islom Karimov kelgach, Sharof Rashidov 
shaxsiga barcha tuhmat va ta’qiblarni to‘xtadi. Uning pok nomi oqlandi. 
1992-yil Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi. 2016-
yil Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Jizzax tumaniga Sharof 
Rashidov nomi berildi.
amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy 
qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta’kidlash 
lozim. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash 
va yangilash hamda ular ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim 
vazifalardan biri sifatida kun tartibiga ko‘ngdalang qo‘yildi.


99
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda rasman 3 ta xotira kuni mavjud: 1) 1999-yildan boshlab 
9 may – «Xotira va qadrlash kuni»; 2) 2001-yildan e’tiboran 31-avgust – 
«Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni»; 3) 2017-yildan boshlab 2-sentyabr 
– O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi 
kuni.
O‘zingizni sinang
!
Ajdodlar xotirasi – bu ... 
Islom Karimov – bu ...
Sharof Rashidov – bu ...
2017-yilgi ma’naviy tiklanish – ...
!
Milliy-ma’naviy merosga yangicha munosabat davlat miqyosida Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida amalga oshirila boshlandi. Eng 
avvalo milliy ma’naviyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk 
hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin 
Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, 
Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur 
va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga 
qaytarildi, tavallud topgan kunlari jahonda va mamlakatimizda nishonlanib, 
ruhlari shod etildi va asarlari nashr etildi hamda qadamjolari obod qilindi. 
Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib, 
tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib 
haykallar o‘rnatildi.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro‘z» 
bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 
1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – 
Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Qadimiy 
xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi 
mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli 
bayram sifatida nishonlamoqda. 
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom 
Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo 
chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj 
qilishi to‘g‘risida» gi farmonini e’lon qildi.


100
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy 
va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi. 
Jumladan, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 
huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.
1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish 
kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, musulmonlar hayotidagi 
qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit kunlarini doimiy ravishda 
bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb 
e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi 
ish bo‘ldi. 
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» 
haftanomasi, «Hidoyat» jurnali dunyoga keldi, 
ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila 
boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt 
jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli 
hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator 
asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. 
Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million 
nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob 
yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur 
tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va 
uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan 
chiqarildi.
Qur’onning o‘zbekcha 
tarjimasi nusxasi.
«Navro‘z» bayrami.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin