121
dagi shartnoma, 1998-yil imzolangan
1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor-
likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartno-
malar asosida rivojlanib bordi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston –
Rossiya munosabatlari yangi bosqichga
ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sherik-
lik to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyat
kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va
Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi
shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv
yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi
deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro munosabatlarida alohida voqea
bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining yanada
rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti
I.A. Karimov va Rossiya Prezidenti V.V.Putin o‘rtasidagi Moskva
uchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida davlatlarning
keng qamrovli o‘zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holati
va istiqboli ko‘rib chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan
keyingi davr ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro
shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi.
2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy
tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha
siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari,
shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid
umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
Dostları ilə paylaş: