Nurmurodov


s in f - yuqori aniqlikdagi



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

s in f - yuqori aniqlikdagi
dastgohlar,
dastgohlaming yuqori aniqligiga ayrim uzellaming max- 
sus tuzilishi, detallarining tayyorlanishiga, uzellarini va butun 
dastgohni yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar 
qo‘yilishi hisobiga erishiladi, A sinf -
ju da yuqori aniqlikdagi
dastgohlar,
bunday dastgohlar tayyorlashda V sinf dastgohlari 
tayyorlashdagiga qaraganda ham qattiroq talablar qo‘yiladi. С sinf- A 
va В sinf dastgohlari detallarining aniqligini belgilovchi detallar
184


tayyorlash uchun mo‘ljallangan 
nihoyatda aniq dastgohlar,
boshqacha 
qilib aytganda, 
master-dastgohlar.
B, A va С sinf dastgohlari tegishli 
aniqlikni ta’minlashi uchun ular harorati va namligi avtomatik 
ravishda o ‘zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi.
Dastgohlar texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga 
qarab tokarlik, parmalash, yo‘nish, jilvirlash, randalash, pardozlash, 
tish va rezba ochish, frezalash, o ‘yish dastgohlariga bo‘linadi.
Hamma mavjud metall kesuvchi dastgohlar 9 guruhga boiinib, 
har bir guruh esa, o ‘z navbatida, 9 turdan iborat bo‘ladi. Bularga 
dastgohlaming vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa 
ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng 
ko‘p ishlatiladigan dastgohlami kiritish mumkin.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan ko‘p seriyali dastgoh- 
laming rusumi uchta yoki to ‘rtta (ba’zan, harflar qo‘shilgan) raqam 
bilan belgilanadi. Birinchi raqam dastgohning guruhini, ikkinchi 
raqam - turini, eng oxirgi bitta yoki ikkita raqam dastgohning o‘ziga 
xos oMchamlaridan birini bildiradi. Birinchi raqamdan keyingi harf 
dastgohning takomillashtirilganligini, barcha raqamlardan keyingi harf 
esa asosiy rusumning modifikatsiyasini (shakl o ‘zgarishini) ko‘rsatadi. 
Masalan, 2A135 rusumli dastgohda 2 raqami dastgohning ikkinchi 
guruhga kirishini, ya’ni parmalash dastgohi ekanligini, A harfi 
dastgohning takomillashtirilganligini bildiradi
1
raqami dastgohning 
birinchi turga oidligini, ya’ni vertikal-parmalash dastgohi ekanligini; 
oxirgi ikkita raqam esa parmalanishi mumkin bo‘lgan eng katta teshik 
diametri 35 mm ekanligini ko‘rsatadi. 1336A rusumli tokarlik- 
revolver dastgohida 1 raqami tokarlik dastgohligini, 3 revolverliligini, 
36 - ishlov beriladigan silindrik tanavoming diametrini
A
harfi 
dastgohning modifikatsiyasini ifodalaydi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, yuqorida nomlari keltirilgan dastgohlar, 
asosan, aylanma harakatlanib biror texnologik jarayonni bajarishi 
mumkin. Shuning uchun bunday dastgohlarga aylanma harakat 
berishda turli tasmali (tekis ponasimon), tishli (to‘g‘ri, qiyshiq, konus 
kabi) hamda friksion, zanjirli, shnekli uzatmalardan, dastgohlarda 
ilgarilanma-qaytar harakatni hosil qilish uchun esa vint-gaykali, 
reykali uzatmalardan keng foydalaniladi (11.4-rasm).
Metall kesish dastgohlarida asosiy jarayonlami (tokarlik, 
parmalash, frezalash, jilvirlash, randalash va boshqa ishlami) amalga
185


oshirish, shu bilan birga uzatmalami ishga sozlash uchun kerakli 
mexanizmlaming kinematik sxemalari quyida keltirilgan.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin