Old babka
staninaning chap qismiga mahkamlangan. Old babkada
dastgohning tezliklar qutisi joylashgan, tezliklar qutisining asosiy qis-
mi shpindel bo‘lib, u dumalash yoki sirpanish podshipniklarida ayla-
nadi. Shpindel, odatda, boshidan oxirigacha konussimon teshikdan
iborat bo‘lib, chiviq material (tanavor) ana shu teshikdan o ‘tkaziladi.
Ketingi babka
markazlarga o‘matilib, yo‘nilayotgan tanavorni
tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish
asboblari (parma, zenker, razvyortka) ni hamda rezba ochish asbobi
(metchik, plashka) ni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi babka
stanina yo‘naltiruvchilari bo‘ylab surila oladi.
Surish qutisi
shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki
surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek, rezba qirqishda
tegishlicha surishga erishish yoki muayyan qadam hosil qilish
maqsadida aylanish chastotasini o ‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Bunga surish qutisining uzatish nisbatini o ‘zgartirish yo‘li bilan
erishiladi. Surish qutisi almashtiriladigan shestemyalari bor gitara
vositasida dastgoh shpindeli bilan bogMangan.
Fartuk
surish vali va surish vintining aylanma harakatini suppor
ting to ‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakatiga aylantirish uchun
mo‘ljallangan.
Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakatini
berish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: