5. RANGLI METALLAR VA ULARNING QOTISHMALARI Rangli metallarga mis, aluminiy, qalay, qo‘rg‘oshin, rux, nikel,
titan, magniy va boshqalar, shuningdek, ulaming qotishmalari kiradi.
Zamonaviy mashinasozlikda rangli metallaming ahamiyati juda katta,
ayniqsa energetika, elektrotexnika, radioelektronika, samalyotsozlik
va avtomobilsozlik sanoatlarida va aloqa sohalarida rangli metallar va
ulaming qotishmalari juda ko‘p ishlatiladi.
0
‘zbekiston rangli metall
rudalarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga
kiradi. Rangli metallaming rudalarida bir vaqtning o‘zida bir qancha
turli metallar: qo‘rg‘oshin, qalay, mis, oltin, kumush, temir, simob va
nodir metallar uchraydi. Bunday rudalar ko‘pmetalli mdalar deyiladi.
Shuning uchun rangli metallaming rudalarini kompleks qayta ishlab
bir vaqtning o ‘zida hamma qimmatli metallami ajratib olishga harakat
qilinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda mis
va aluminiy ishlab chiqarishni sezilarli ko‘paytirish, shuningdek,
qo‘rg‘oshin, qalay, magniy, nikel, titan, volframli, molibdenli va
titanli konsentratlami hamda qimmatbaho metallami ishlab chiqa
rishni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.
5.1. Mis va uning qotishmalari Sof mis qo‘ng‘ir rangli, cho‘ziluvchan, qovushoq metalldir. Uning
suyuqlanish harorati 1083°C, zichligi 8,94 g/sm
3
cho‘zilishdagi mustah-
kamlik chegarasi 220-240 MPa, Brinell bo‘yicha qattiqligi 330 HB.
Sanoatda 80% ga yaqin mis sulfidli rudalardan (CuFeS2,
Cu
3
FeSFe
2
S3, CuS) olinadi. Tarkibida 3-5
% mis b oigan rudalar boy
mdalar hisoblanib, ulami suyuqlantirish y o ii bilan mis olinadi.
Tarkibida 3 % dan kam bo igan mis mdalar suyuqlantirishdan oldin
to ‘yintiriladi (boyitiladi).
Mis mdalar tarkibida juda oz boiganligi sababli ulami to ‘yintirish
ishlari muhim ahamiyatga ega. Mis qaynovchi qatlam ostida va
flotatsion usullar yordamida boyitiladi.
Mis rudalaridagi ortiqcha zarralami suv yordamida ho ilash y o ii
bilan boyitishga asoslangan usul