Yuqorida nomlari qayd qilingan yelimlar faqat yog‘och mate
riallami o ‘zaro biriktirish uchun moijallangan.
Turli materiallami bir-biriga yelimlab yopishtirish uchun esa
karbinolli yelimlardan keng foydalaniladi.
Karbinolli yelim
(МПФ-1, БК -2, JI-4 va b.) tashqi ko‘rinish
jihatidan rangli glitseringa o ‘xshash xushbo‘y, och sariq rangli, tiniq
suyuqlikdir.
Material ustiga yupqa qilib surtilgan bu yelim tezda qotib,
benzinda, moylarda erimaydigan, suv va kislota ta’siriga chidamli
parda hosil qiladi.
Karbinolli yelim bilan yog‘ochni metallga, metallni shisha, charm,
marmarga yopishtirib, mustahkam, ajralmas birikmalar hosil qilinadi.
Glyutinli yelim.
Hozirgi vaqtda bu yelimlar o‘zlarining ko‘pgina
ijobiy xususiyatlari (yuqori mustahkamlikka ega boigan birikmalar
hosil qilishi, tayyorlanishining oddiyligi, kimyoviy inertligi, zararsiz-
ligi, tayyor yelimni saqlash juda osonligi va b.) tufayli sanoat miq-
yosida sintetik yelimlami deyarli siqib chiqarmoqda.
Lekin, bunday yelimli birikmalarning uzoq qotishi yelimlaming
kamchiligi hisoblanadi.
Glyutinli yelimlar tarkibidagi boshlangich moddalarga qarab
go‘shtparda, suyak va baliq yelimlariga boiinadi.
Dostları ilə paylaş: