Elektr pechlari. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektr
pechida po‘lat olish usuli yaratildi. Elektr pechlari tuzilishining
oddiyligi, turli muhitda va vakuumda ishlay olishi, haroratning
yuqoriligi va oson rostlanishi ko‘p legirlangan va maxsus xossali
po‘latlar olishga imkon berdi.
Po‘lat ishlab chiqarishda foydalaniladigan elektr pechlari ikki
asosiy guruhga ajratiladi:
• elektr-yoy pechlari;
• induksion elektr pechlari.
Elektr-yoy pechlari tuzilishi oddiy, boshqarish qulay, elektr
energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti yuqori va ularda turli
markalardagi po‘latlarni arzon shixta materiallaridan olish mumkin
123
(7.4-rasm). Elektr-yoy pechlari,
o ‘z navbatida, elektrod 1 ning
o‘rnatilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
• elektrodlari tik (vertikal) o ‘matilgan pechlar (ular po‘lat ishlab
chiqarishda ishlatiladi);
• elektrodlari yotiq (gorizontal) o ‘matilgan elektr pechlari (ular
quymakorlik sexlarida rangli metallar qotishmalarini suyuqlantirishda
ishlatiladi).
Bu pechlarda tok birinchi elektroddan metallga, undan ikkinchi
elektrodga o ‘tadi. Natijada tok zanjiri hosil bo‘ladi. Elektr yoyi
elektrodlar bilan pechga solingan shixta orasida hosil boiadi. Elektr-
yoy pechlari sirti po‘lat list bilan qoplangan bo‘lib, ichki devorlari
o ‘tga chidamli g ‘ishtlardan teriladi. Pechning yuqori qismi
gumbaz deb, tagi esa
tub deb ataladi. Shixta materiallarini pechga tezroq
yuklash maqsadida gumbaz ajraladigan qilinadi. B a’zi pechlaming
yon tomonlariga shixta materiallari solinadigan darcha, ikkinchi
tomonidan esa suyuq metall chiqaradigan nov qilinadi.
7.4-rasm. Elektr-yoy pechL Pech elektrodlari ko‘mir yoki grafitdan diametri 200-600 mm,
uzunligi 3000 mm gacha qilib tayyorlanadi. Elektrodlaming diametri
quw atiga qarab belgilanadi. Bir tonna po‘lat olish uchun 5-10 kg
grafit elektrod sarf bo‘ladi.
124
Pechning kamchiligi shuki, unda olingan po‘lat tarkibida N2, 0 2,
llj, gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi. Ular metallning
mexanik xossalarini pasaytiradi.