Quymalar olishda Cr, Ni, Mo, V va boshqa elementlar bilan
legirlangan po‘latlar ham keng ishlatiladi.
Quymakorlikda eng ko'p ishlatiladigan rangli qotishmalar
jumlasiga mis, aluminiy, magniy va boshqa rangli metallaming
quymabop qotishmalari kiradi. Masalan, mis qotishmalaridan bronza
va jez, aluminiy qotishmalaridan siluminlar, Al-Cu, A l-Cu-Si, A l-
Mg qotishmalari, magniy qotishmalaridan esa M g-Al-Zn, M g-Al
qotishmalari va boshqalar shular jumlasidandir.
Quymakorlik korxonalarida ishlatiladigan bronzalar ikki guruhga
boiinadi: a) qalayli, b) qalaysiz bronzalar.
Jezlar (mis bilan mx qotishmalari) dan oddiy jezlar quymalar
olishda kam ishlatiladi, chunki ulaming texnologik va mexanik
xossalari ancha past bo‘ladi. Quyma buyum (detal) lar olish uchun
oddiy va maxsus jezlar guruhidan, asosan, maxsus jezlardan
foydalaniladi. Bunday maxsus jezlar olish uchun oddiy jezlarga qalay,
aluminiy, kremniy, nikel, marganes, temir, qo‘rg‘oshin kabi
elementlar ma’lum miqdorda qo‘shilgan bo‘ladi. Jezlarga qo‘shiluvchi
elementlaming turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga ko‘ra
belgilanadi. Shunday qilib, turli statistik m a’lumotlarga ko‘ra, quyma
buyum (detal) laming 75 % ga yaqini kulrang cho‘yanlardan, 20
%
chasi po‘latlardan, 2-3 % chasi bog‘lanuvchan cho‘yanlardan va juda
oz qismi rangli metall qotishmalaridan olinmoqda.
Quymalarda uchraydigan nuqsonlar.
Ma’lumki, quymakorlik
sanoatida olinadigan quymalarda ba’zan turli nuqsonlar, ya’ni
kimyoviy tarkibi va strukturasining notekisligi, cho'kish bo‘shlig‘i,
kovaklik, gaz pufaklari, likvatsiya kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday
nuqsonlar quyidagicha hosil bo‘ladi, ya’ni quyma soviyotganda uning
hajmi ma’lum darajada kichrayadi, natijada quymaning yuqorigi
qismida
Dostları ilə paylaş: