Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Quyma olish uchun suyuq metall va qotishmalarni tayyorlash. M a’lumki, quymakorlik sexlarida quyma buyumlar turli shakllardagi
qoliplarga suyuq metall va qotishmalar quyish orqali hosil qilinadi. Bu
maqsadda quymakorlik sexlarida metall va qotishmalarni suyuqlantirish
uchun ishlatiladigan tegishli tuzilishdagi pechlardan foydalaniladi.
Qanday pechlardan foydalanish metall va qotishmalaming xiliga
bog‘liq boiadi. Masalan, cho‘yanni suyuqlantirish uchun asosan vag-
rankadan, po‘lat suyuqlantirish uchun kichik konvertor, kichik marten
pechi, elektr yoy pechlari, induksion pechlardan, rangdor qotishmalar
suyuqlantirish uchun esa elektr yoy pechlari, qarshilik pechlari, induk
sion pechlar va boshqalardan foydalaniladi. Yuqorida qayd qilgani-
mizdek, quymakorlik cho‘yani, odatda,
vagranka deb ataladigan
pechda suyuqlantiriladi. Vagranka domna pechi kabi ishlaydi. G ilo fi
p o ia t taxtalarini (listiarini) parchinlash yoki payvandlash y o ii bilan
tayyorlanadi. Ichki qoplamasi shamot glshtidan teriladi. Vagran-
kaning furmalar teshigidan shixta tushirish darchasigacha bo igan
qismi
shaxta deb, furmalar teshigidan pastki qismi esa
gorn deb
ataladi. Hozirgi vagrankalaming bo‘yi 9-10 m ga, shaxtasining
diametri esa 3 m gacha yetadi. Vagrankalaming ish unumi 1 soatda
suyuqlantirib olinadigan cho‘yan miqdori bilan belgilanadi va pech-
ning diametriga qarab 25 tonnagacha suyuq cho‘yan olish mumkin.
Bunday vagrankada cho‘yan
quyidagicha suyuqlantiriladi.
Cho‘yan suyuqlantirishda shixtaning metall qismi - quymakorlik
cho‘yani korxona chiqindisi, mashina siniqlari va ozroq miqdorda
temir-tersakdan iborat boiadi. Y oqilgi sifatida, asosan, koks ishla
tiladi. Flyus sifatida ohaktosh, dolomit, asosli marten shlaklari va
boshqa materiallardan foydalaniladi. Vagrankaga koks, metall shixta
va flyus maxsus darcha orqali tushiriladi. Koksning yonishi uchun
zarur b o ig a n havo (ba’zan kislorod bilan boyitilgan havo) bosim
ostida halqasimon quvurg‘a va undan furmalar orqali gomga beriladi.
Hosil b o ig a n suyuq cho‘yan gomning qiya tubidan maxsus nov orqali
132
cho‘michlarga tushiriladi, cho‘michlardan esa qoliplarga quyib
chiqiladi va tegishli shakldagi quyma buyum hosil qilinadi.
Quymakorlik korxonalarida po‘lat suyuqlantirishda