Nurmurodov


Suyuqlanuvchi nusxa yordamida quyma olish



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Suyuqlanuvchi nusxa yordamida quyma olish
usulida quyma olish 
uchun oson suyuqlanuvchi materialdan-parafin, stearin, mum (bitum) 
va boshqalardan turli quymalaming nusxalari tayyorlanadi. Buning 
uchun esa p o iat, bronza yoki jezdan nusxa etaloni yasalib, bu etalonni 
oson suyuqlanuvchi qotishmaga botirish yo‘li bilan press-qolip 
tayyorlanadi. Ana shu press-qolip suyuqlantirilgan parafin, stearin, 
mum (bitum) bilan 3-6 atm (303-606 kN/m2) bosim ostida to'ldirilib, 
juda aniq nusxa hosil qilinadi. Shu usulda tayyorlangan bir necha 
nusxa blok qilib yig'iladi va quyish tizimiga tutashtiriladi. Keyin bu 
yig‘ilgan nusxalar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil silikat 
(C
2 5
O
4

Si eritmasi bilan kvars kukuni qorishmasiga 2-3 marta botirib 
olinadi, shunda nusxalar blok sirtida 2-3 mm qalinlikdagi o ‘tga 
chidamli silliq qoplama hosil bo‘ladi. Nusxalar bloki zavodda 2-3 soat 
davomida quritilgandan keyin opoka ichida atrofi qolip aralashmasi 
bilan zich qilib to‘ldiriladi. Opoka ichidagilari bilan birga mufelli 
pechda qizdiriladi, bunda nusxalar va quyish tizimi suyuqlanadi 
hamda tashqariga olib chiqadi, natijada nusxalar va quyish tizimi o‘mi 
bo‘shab qoladi, ya’ni qolip hosil bo‘ladi. Bu qolip 800-900 °C gacha 
qizdiriladi, bunda qolip puxtalanadi va metall quyish uchun tayyor 
holga keladi. Bunday qolipga suyuq metall odatdagi usul bilan ham, 
markazdan ochirma usul bilan ham quyilishi mumkin. Bu usul bilan 
quyib hosil qilinadigan quyma zich bo‘ladi, demak, uning mexanik 
xossasi yaxshilanadi.
Qoliplar yordamida quymalar olish
uchun ko‘pincha qotish- 
malardan, masalan, cho‘yandan quymaning ikki pallali nusxasi (qolip 
ikki simmetrik qismdan iborat qilib tayyorlanadi, ya’ni avval 
qolipning birinchi yarmi, keyin ikkinchi yarmi bir har xil texnologik 
jarayonda bajariladi) yasaladi, nusxaning har bir pallasi metall plitaga 
mahkamlanadi. Ana shu nusxa asosida qobiq qolip (qolipning yarmi) 
tayyorlanadi. Qolip materiali sifatida kvars qumi kukuni bilan bakelit 
(fenol-formaldegid smolasi) kukuni (pulver-bakelit) aralashmasidan 
foydalaniladi. Ma’lum bir texnologik jarayon orqali tayyorlangan 
kabilar (ikkita yarimqolip) o ‘zaro birlashtiriladi va tayyor qobiq qolip 
hosil boiadi. Bu qolipga suyuq metall kiradigan teshik ochiladi, quti 
tik holatda o‘rnatiIib, atrofi qum bilan zich qilib toidiriladi va 
shundan keyin suyuq metall yoki qotishma quyiladi.
Quymalarda ichki bo‘shliqlar hosil qilish zarur bo‘lgan hollarda 
qobiq (qolipning yarmi qoliplarga maxsus mashinalar yordamida
131


tayyorlangan qobiq steijenlar o ‘matiladi. Bunday qoliplar istalgan 
quymakorlik qotishmasidan quymalar olishga imkon beradi. Bunday 
qoliplarda olingan quymalaming olcham lari aniq chiqadi.
Quymaning tannarxi korxonaning turi, quymaning materialiga, 
murakkabligiga, olcham lari, og‘irligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga 
bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin