Bo‘rttirish (shakl berish) - havol tanavor ichidan teng
taqsimlangan kuch ta’sir ettirish y o ii bilan uning shakli yoki
oichamlarini o ‘zgartirish.
Siqish -
havol tanavorning ochiq uchi perimetrmi kichraytirish.
Qiyshiq prokatlash
y o ii bilan, asosan, choksiz quvurlar olinadi.
Qiyshiq prokatlashda bochkasimon jo ‘valar
bir-biriga nisbatan
m aium burchak ostida joylashib, har ikkalasi ham bir tomonga
aylanadi. Natijada tanavorga bir vaqtning o‘zida ham aylanma, ham
qaytma harakat beriladi.
Prokat buyumlar, asosan, turli tuzilishidagi
prokatlash stanlarida ishlab chiqariladi.
Ba’zan turli listlardan oz miqdordagi yirik buyumlar tayyorlashda
murakkab shtamplar ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
emas, shuning uchun bunday hollarda
shtamplashning oddiy
usullaridan, masalan, rezina yordamida shtamplashdan foydalaniladi.
Bunda matritsa yoki puanson o‘mida rezina yostiq ishlatiladi.
Pressiz shtamplash.
Keyingi vaqtlarda pressiz shtamplash usullari
(portlatish, elektr-gidravlik va b.) ham sanoat miyosida juda keng
qoilanilmoqda.
Ayniqsa, qalin list tanavorlardan turli buyumlar (detallar) hosil
qilish uchun katta gabaritdagi mayda
turkumli har xil portlovchi
moddalar (trotil va boshqalar) ning portlash energiyalardan keng
foydalanilmoqda. Bu usuldan, asosan, zanglamaydigan,
yuqori
mustahkamlikka ega boigan poiatlar, titanli va misli qotishmalardan
detallar olishda foydalaniladi.
Mazkur usul juda tejamli ham samarali boiishi bilan birga, 10-14
% gacha nisbiy uzayishga ega boigan metall va qotishmalardan turli
buyumlar (detallar) ishlab chiqarishda qoilaniladi.
1938-yilda Rossiyada L.A.Yutkin elektr-gidravlik usulda shtamp
lash usulini ishlab chiqdi. Bu usulda
foydalaniladigan qurilmalar
poydevor urishni talab qilmaydigan, kichik gabaritli, oson suriladigan
ixcham konstruksiyalardan iboratdir.
Elektr-gidravlik usulda hatto plastikligi
past materiallar ham
yaxshi deformatsiyalanadi, hosil qilinadigan buyum (detal)lar
oicham lari juda aniq chiqadi va qo‘shimcha mexanik ishlov berishni
talab qilmaydi.
Shuning uchun bu usuldan list materiallardan samolyotlar,
avtomobillar, fotoapparatlar va boshqalar uchun kichik hajmli detallar
ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
155