O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

 
1.2.
 
MEXANIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI, AKSIOMALARI
VA QONUNLARI. 
 
A.
ASOSIY TUSHUNCHALAR

Qattiq jism mexanikasi, ya’ni - Nazariy 
mexanika uch qismga boʻlib oʻrganiladi [2]: 
-
moddiy nuqta mexanikasi; 
-
qattiq jism mexanikasi; 
-
mexanik sistema ( nuqtalar yoki jismlar toʻplami) mexanikasi. 
Ularning barchasida avval nisbiy muvozanati - 
statikasi
oʻrganiladi, keyin
harakatlanish qonunlari geometriyasi - 
kinematikasi 
va oxirida harakatlanish 
qonunlari chuqurroq oʻganiladi - 
dinamikasi
. Kinematikada jismning massasi va 
ta’sir etuvchi kuchlari hisobga olinmay, faqat harakat qonuni (tryektoriyasi) va 
jism nuqtalarining tezlik-tezlanishlari aniqlanadi. Dinamika qismida jismning 
harakati toʻla, ya’ni massasi va ta’sir kuchlari hisobga olinib, tekshiriladi. Statika 
jismlarning muvozanatini, boshqacha aytganda, tinch turgan yoki oʻzgarmas tezlik 


16 
bilan harakatlanayotgan jismlarning holatini oʻrganadi. Statika dinamikaning 
hususiy holi boʻlib, jismning tezlanishi nolga teng deb olinadi va muhandislik 
ishida muhim oʻrin egallaydi, chunki juda koʻp ob’yektlar nisbiy tinchlik holatida 
boʻladi.
Ideyallashtirish (abstraksiya) - 
mexanikada nazariy tushunchalarni 
amaliyotga tadbiq qilish uchun modellar yordamida soddalashtiriladi. Tushunarli 
boʻlishi uchun, quyida toʻrtta tushunchani abstraksiyalaymiz: 
moddiy nuqta 
deb, massaga ega bolgan, oʻlchamlari, ya’ni hajmi hisobga 
olinmaydigan jismga aytiladi. Albatta bu tushuncha abstrakt-hayoliy
 
ideallashtirish tushunchasi boʻlib, jismlarning oʻlchamlari masaladagi boshqa 
oʻlchamlarga nisbatan juda kichik boʻlgan holga toʻgri keladi (1.6-shakl);
1.6-shakl. 
Halqaga ta’sir qilayotgan uchta kuch 
1 ta nuqtaga ta’sir etadi deb, faraz qilinadi, 
ya’ni halqaning oʻlchamlari hisobga olinmaydi. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin