18
kuch-
jismlarning oʻzaro ta’siri boʻlib, miqdori, yoʻnalishi va qoʻyilish
nuqtasi bilan aniqlanadi. Jismlarning bir-biriga ta’siri ularning toʻgʻridan-toʻgʻri
tegib turganda yoki biror masofada turganida ham yuz berishi mumkin.
B.
MEXANIKA AKSIOMALARI.
Jismlarning tinch holatini yoki toʻgʻri
chiziqli
tekis harakatini aniqlovchi, asrlar mobaynida kuzatishlar
va tajribalardan
aniqlangan, ba’zi
bir tushunchalar mexanikada
aksiomalar
deb ataladi. Bu
tushunchalar yordamida statikaning boshqa holatlari
dinamika qonunlarisiz
asoslanadi. Aksiomalarni tushuntirishdan avval jismga ta’sir
qiluvchi kuchlarning
ta’rifini beramiz:
- jismga ta’sir etuvchi kuchlar toʻplami
kuchlar sistemasi
deb ataladi;
- jism kuchlar sistemasi ta’sirida tinch holatini yoki harakatini oʻzgartir-
masa, bunday kuchlar
muvozanatlashgan kuchlar sistemasi
deyiladi.
- jismning holatini yoki harakatini oʻzgartirmay, ta’sir
etuvchi kuchlar
sistemasini boshqa kuchlar sistemasi bilan almashtirish mumkin boʻlsa, bu
sistemalar
ekvivalent kuchlar sistemasi
deb ataladi;
- jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasiga bitta kuch ekvivalent boʻlsa, bu
kuch
teng ta’sir etuvchi kuch
deb ataladi.
1-aksioma:
Absolyut qattiq jismga ta’sir
qiluvchi ikki kuch miqdor
jihatidan teng, qarama-qarshi yoʻnalgan va bir toʻgʻri
chiziqda yotsagina, jism
tinch holatda boʻladi.
1.8-shakl.
2-aksioma:
Biror jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasiga qo‘shimcha
ravishda o‘zaro muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasini qo‘shsak
yoki ularni
sistemadan olib tashlasak, bu kuchlar sistemasining jismga ta’siri o‘zgarmaydi.