Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 


89 
 
 
 
 
8. 
APPLIKATSIYA XAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHA
 
Reja: 
1.Applikatsiyada qirqishni har xil usullarini bajarish 
2.Bolalarning tasviriy faoliyatlarini rivojlantirish vazifalari 
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, 
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, 
dramalashtirish,
didaktik. 


90 
APPLIKATSIYaDA QIRQIShNI HAR XIL USULLARINI BAJARISh 
Applikatsiya xalq amaliy san’atida keng o‘rin tutadi. Applikatsiya so‘zining 
ma’nosi - qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qog‘oz, mato, charm, 
somon, quritilgan o‘simliklar, urug‘lar, tashlandiq narsalar, simlar, iplardan 
foydalanib har xil ishlarni bajarish mumkin. 
Applikatsiya - badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda 
tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina 
ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqlar, 
sovg‘alar, devoriy gazetalar, stentlar, ko‘rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashgina 
emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo‘llash 
mumkin. Applikatsiya bundan 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlarda paydo 
bo‘lgan. Applikatsiya bilan kiyim-bosh, turar joylar bezatilgan. Bu ishda ular teri-
mo‘yna, namatdan foydalanishgan. Applikatsiya turli xalqlarda turli 
materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida postloqdan 
foydalanishgan, bo‘yalgan po‘stloqdan qilingan applikatsiyalar bilan ular 
o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari 
applikatsiyada teri, sukno, mo‘yna ishlatishgan. Qozoq, qalmoq, osetin, buryat va 
boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro‘zg‘or predmetlarini bezashda 
foydalanishgan. Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq 
foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fon xizmatini o‘tovchi materialga 
tikib naqsh yaratilgan. Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh‚ uy-
ro‘zg‘or predmetlari bezatilgan.
Xozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. 
Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi flaris 
rassomlar jamiyati tashkil etildi. Applikatsiya bilan shug‘ullanish bolalarning 
dunyoqarashining uyg‘un rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya 
ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat 
va tassavurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mexnati, shaklni his qilish
chamalash va rangni sezish qobiliyatini o‘stiradi. Rangli qog‘oz yoki boshqa 


91 
materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiy didni avj oldiradi. Applikatsiya 
ishida asosiy material qog‘ozdir, dazmollangan va kraxmallangan gazlama 
bo‘laklaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda somon, 
quritilgan o‘simlik, urug‘, danak va shu kabilar ham asqotadi. Qog‘oz ishlab 
chiqarish sanoati qog‘ozning rangi va xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 
250 navini ishlab chiqaradi. Tolalarning ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha qirqilgan 
qog‘oz yopishtirilganda izlar qoldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi 
yotadi. Ishlaganda qog‘ozning bu xususiyatini e’tibordan qochirmaslik kerak.
Kleyster 
surilganda 
qog‘oz uni shimishini‚ qog‘oz tolalarining 
ko‘ndalangiga uzunligidan ko‘proq kengayishini ham unutmaslik kerak. Agarda 
qog‘oz kleyster surilgan zahotiyoq yelimlansa, davom etayotgan shimish va 
kengayish natijasida qog‘ozda g‘ijimlar, izlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun 
kleysterda surilgan qog‘oz bir oz vaqt yopishtirilmay turishi kerak. Qog‘ozning 
yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan, baxmal, kumush-bronza rasm solish 
va chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir. 
Applikatsiya qilish usuli bilan guruh xonalarini, mehmonxona, oshxonalarni, 
bolalar ayvonchalari bezatiladi. Bolalar bog‘chasi kichik guruxdan boshlab 
applikatsiya mashg‘ulotlari olib boriladi. Kichik guruxdan tayyor qirqilgan shakl 
beriladi. O‘rta guruxdan boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash mustaqil olib 
boriladi. Applikatsiyada qog‘oz asosiy rolni bajaradi. Applikatsiya ishini 
bajarishda har xil yelim ishlatilavermaydi. Yelimni uy sharoitida arzon va oson 
usulda tayyorlash mumkin. Bu yelim klestr deb ataladi. U kraxmaldan quyidagicha 
tayyorlanadi: bir choy qoshiq kraxmal, 5 choy qoshiq sovuq suvda aralashtirilib 
olinadi, so‘ng yarim stakan suv solib past olovda qaynaguncha kovlab turiladi
qaynashga yaqin olovdan olinadi va sovitiladi, so‘ngra ishlatiladi. Applikatsiya 
ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu quyidagicha bajariladi:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin