Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

YuMShOQ O‘YINChOQLAR TAYYoRLASh
Hozirgi paytda yumshoq o‘yinchoqlarga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib 
bormoqda. Shunga ko‘ra‚ biz maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ishlarini yengillashtirish maqsadida asosan 
qo‘g‘irchoq teatri to‘garaklarida qo‘llanib kelinayotgan o‘yinchoqlar namunasini 
e’tiboringgizga havola etishni lozim topdik. Bu o‘yinchoqlar tarkibiga, bezaklariga 
sharoitdan kelib chiqib va mahoratingizga ko‘ra ayrim o‘zgarishlar kiritishingiz 
mumkin. O‘yinchoqlarni berilgan katakchalar yordamida 2,3,4 va bir necha marta 
kattalashtib andozani unga ko‘ra tayyorlash qulaydir. Tikish usullarini esa yaxshi 
bilasiz. Har bir o‘yinchoqning qismlari bir-birga tikilgach, ichki qismlarini 
tashqariga ag‘darishni unutmang. Lekin uning ichiga esa gazlama bo‘laklari, 
qiyqimlar, paxta tiqilishi mumkin. Ayrim o‘yinchoqlarning old va orqa oyoqlari 
mahkam turishi uchun simdan karkas sifatida foydalaniladi. Ko‘z, shoxchalarni 
yog‘ochdan ham tayyorlash mumkin. Ba’zan ko‘z sifatida chiroyli tugmachalardan 
ham foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur detallar kartondan yasaladigan bo‘lsa, 
guash, akvarelda bo‘yalib, ustidan lak qoplanadi. 
Kerakli asboblar: 
1.
Ignalarning turli katta kichiklari. 
2.
G‘altakli turli rangdagi iplar. 
3.
Rangli mulina iplari. 
4.
Turli rangdagi ipakli iplar. 
5.
Qaychi 6 dona. 
6.
Bigiz. 
7.
Ombir 1 dona. 
8.
Dazmol. 
9.
Yog‘ochli, temirli tayyoqcha (paxta to‘ldirish uchun) 
10.
Tikuv mashinasi. 
11.
Oddiy qalamlar. 
12.
Loy yasashda ishlatiladigan tayoqcha. 


151 
13.
Rasm chizish uchun mo‘yqalamlar. 
14.
Doiraviy ombur 2 dona. 
15.
Har xil kattalikdagi igna. 
16.
Har xil rangdagi №10, №40, №50, №60 turli qalinlikdagi iplar. 
17.
Har xil rangdagi ipak ip. 
18.
Dag‘al iplar. 
19.
Yumshoq jag‘li ombir. 
20.
O‘tkir jag‘li ombir. 
21.
Angishvona. 
22.
Dumaloq yog‘och (paxta tikish uchun) 
23.
Qalam. 
Kerakli ashyolar: 
Yumshoq o‘yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib, 
dazmollangan satin, barxat, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar. 
O‘yinchoq hayvonlarni tayyorlash uchun, sun’iy va tabiiy jun matolaridan 
foydalaniladi. Tana‚ yuz ko‘rinishlarini tasvirlovchi qo‘g‘irchoq o‘yinchoqlari 
uchun shifon‚ shoyi matolar. Yuz uchun och pushti, och jigarrangi matodan 
olinadi. 
Kiyimlari uchun: rangli matolar. Soch uchun: sun’iy iplar, viskoza, 
qismlarni biriktirishda 1-2 mm yumshoq simlardan o‘yinchoqlarni jixozlashda, har 
xil tugmacha, biser, tisma, lentachalar, shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun 
plastilin zarur. O‘yinchoq ichini paxta, sintefon‚ trikotaj chiqindilari, averlo 
tikishda chiqqan qirindilar‚ yog‘ochdan chiqqan qipiq bilan to‘ldirish mumkin. 
Yumshoq o‘yinchoq tayyorlashga o‘rgatish ishini nimadan boshlash kerak? 
Dastlab, bolalarni igna ushlashdga‚ igna to‘g‘nog‘ichdan o‘rinli foydalanishga, 
so‘ng eng oddiy chok turlarini tikishga o‘rgatish zarur. Chok turlarini o‘rgatish 
uchun amaliy bir necha ish tavsiya etiladi (ro‘molcha tikish, xaltacha, kitob uchun 
xatcho‘p) bu esa bolalarni chok turlarni tikish malakasini egallashlariga sharoit 


152 
yaratadi. Bolalarda igna bilan ishlash malakasi hosil bo‘lgandan so‘ng, oddiy 
model tayyorlashga o‘tiladi. Kichik bolalar qo‘lda tikadilar, kattaroq bolalar tikuv 
mashinada tikishlari mumkin. 
Yumshoq o‘yinchoq tayyorlash jarayoni quyidagi ishlardan iborat: mato 
tanlash, g‘ijim bo‘lak matoni dazmollash, matoga andozani chizish, qismlarni 
bichish, tikish, ichini to‘ldirish‚ ustini jihozlash. 
Andoza kartondan tayyorlanadi. Bichishda mato ikkiga buklanadi, uning
chap tomoniga andoza qo‘yib, uchi yaxshi ochilgan qalam bilan tayyorlanayotgan 
bo‘lsa, andoza har bir bo‘lak mato ustiga ipini qiyalab yo‘nalgan tomoniga
qo‘yiladi. To‘q mato bo‘lsa, andoza oq yoki sariq rangli qalam bilan, och rangli 
mato bo‘lsa qora rangli uchi yaxshi ochilgan qalamdan foydalaniladi. 
Chizib olingan mato har tomonidan 0,5 sm chok uchun qoldirib, qirqiladi, 
so‘ng qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklari o‘ng tomonidan chiqariladi. 
Tayyor tikilgan shakl metal tayoqcha yordamida o‘tmas tomoni bilan o‘ngiga 
ag‘dariladi. 
Agar o‘yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo‘lsa‚ chok xaqi qoldiriladi, 
chetlari qalin ipda tikiladi. O‘yinchoq titiluvchan matodan bo‘lsa chok xaqi 
qodirilmaydi, o‘yinchoq bichib bo‘lgandan so‘ng, ustki qismdan halqa choki bilan 
tikiladi. 
Hayvon va qushlarni tikish quyidagi qoida bo‘yicha: avval tana va qorin 
qismlar bir biriga tikiladi. Shaklning ikki yarmi tayyor bo‘lgandan so‘ng ularni 
birga tikiladi. Shakl o‘ngiga ag‘darilib, ochiq qoldirilgan joydan ichi to‘ldiriladi, 
qismlar bir-biriga ko‘rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. O‘yinchoqning ichi 
paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to‘ldiriladi oyoq qismlarini tayoqcha
yordamida to‘ldiriladi. Bolalar texnik jarayon bilan tanishtirilgandan so‘ng 
o‘yinchoq tayyorlashga o‘tiladi. 


153 
O‘yinchoq tayyorlanishning murakkablik bosqichiga qarab ikki guruhga 
ajratiladi: 
1-guruh (kichik bolalar) yengil to‘ldiriladigan o‘yinchoqlar (tovuq, matreshka 
qo‘g‘irchog‘i, pingvin, o‘rdakcha, kuchukcha, filcha, quyoncha, ayiqcha, 
xo‘tikcha, jirafa, pastki qismi tikilgan qo‘g‘irchoq). 
2- guruh qo‘g‘irchoq teatri uchun qo‘g‘irchoq personajlari (ayiqcha, maymuncha, 
qo‘g‘irchoq, mushuk, sim sinch o‘rnatilgan o‘yinchoq). 
Eslatma: berilgan andoza qanday kattalikda bo‘lsa shundayligicha tikilishi 
kerak. Kattalashtirishga berilgan, kattalashtirishi kerak bo‘lgan o‘yinchoq katak 
ichida chiziladi. 
O‘yinchoqlar tayyorlashni kattalar ham, bolalar ham yaxshi ko‘radilar. Bular 
bolalar uchun bir ermak o‘yin bo‘lsa, kattalar uchun bolalar qalbiga yo‘l topishdir. 
O‘yinchoqlar yasash bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. saviyasini 
kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishni tarbiyalaydi. O‘yinchoqlarni bolalar bilan birga 
yasash va mehnat qilish bo‘lib qolmasdan, balki ijod qilish, fikrlash hamdir. Ular 
o‘zlari 
yasagan 
o‘yinchoqlarida 
o‘zlarini 
ajoyib-g‘aroyib 
istaklarini, 
muhabbatlarini, mehnatlarini sarflaydilar. Shuning uchun ularning mehnatlarini 
qadrlash va mehnat qilishga qiziqtirish lozim. Bu esa ularda maqsadga 
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, o‘zaro yordam berish, mehnatsevarlik, 
e’tiborlilik, batartiblikni tarbiyalaydi. 
Qo‘g‘irchoq teatri, mazmunli-rolli o‘yinlar, ertaklar, hikoyalar uchun 
qo‘g‘irchoqlarni tayyorlash ancha mehnatni talab qiladi. Shuning uchun kattalar 
bolalarga andozalarni tayyorlash tikish yo‘llarini tushuntirib berish zarur. 
O‘yinchoqlarni tayyorlashda har xil matolar qiyqimlaridan, eski kiyimlardan 
foydalanish mumkin (chit, pahmoq, trikotaj, junli matolar, movut, eski telpaklar). 
O‘yinchoqlarni tikishda chok, yo‘rma chok, qoviq chok, bosma chok, 
sirtmoqsimon choklardan foydalaniladi. O‘yinchoq tayyorlashda‚ eng avvalo‚ 


154 
kartondan andoza tayyorlanadi. Berilgan chizmalarni kattalashtirish lozim bo‘lsa, 
kerakli o‘lchamda katakchalar chizib olib, ularni va chizmadagi katakchalar bir xil 
sonlar bilan belgilanadi. So‘ng har bir katakning ichidagi chizma chizib chiqiladi. 
Shunda chizma kerakli o‘lchamda kattalashtiriladi. Andoza gazmolga qo‘yib 
bichiladi. Bichishda gazmoldan 8 mm tikish uchun qoldirib so‘ng qirqiladi. Tikish 
tayyorlangan o‘yinchoqni ichi har xil paxta, parolon va trikotaj qiyqimlari bilan 
to‘ldirib, tayyorlanadi. Bosh qismini bezatish uchun tugmacha, munchoq‚ yaltiroq 
charm yoki kleyonka ishlatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin