169
bo‘ladi. Har bir zanjirdan sumkachaning yarim pallasi hosil bo‘ladi. 15X15sm
qalin qog‘oz ustiga zanjirning o‘ngini ichkariga qilib spiralga o‘xshatib o‘raladi va
xomashyo tekis bo‘lishi uchun qog‘ozga tikib qo‘yiladi. Zanjirning chetlari
yo‘rmab tikiladi. Spiral bo‘ylab chok tikiladi. Tikilatgan zanjirdan 25sm qolgach,
uni doiraning chetiga mahkamlab tikiladi, ikkinchi uchini esa aylana uzunligining
to‘rtdan bir qismiga teng keladigan masofada xomashyo chetiga tikiladi. Bu
sumkachaning dastasi bo‘ladi. Sumkaning ikkinchi
pallasi ham huddi shunday
to‘qiladi. Ikkala doira tayyor bo‘lgach, reja va qog‘oz olib tashlanadi, so‘ngra
ularning o‘ng tomonini bir-biriga qaratib birlashtiriladi va chetlari tikiladi.
Faqat
dastasi o‘rnatilgan tomoninig cheti tikilmaydi. Shnur yoki sumkacha uchun zanjir
to‘qish to‘qishga doir boshqa ishlarni bajarish uchun juda yaxshi tayyorgarlik
bo‘ladi.
Nonushta solib qo‘yiladigan sumkacha.
Nonushta solib qo‘yiladigan
sumkacha ham ustamali ustuncha usulida to‘qiladi.
Buyumning jimjimador
bo‘lishi uchun har bir ustuncha orasiga ikkita havo halqasi to‘qiladi. Sumkachani
iris yoki qog‘oz ipdan to‘qish mumkin. sutajdan to‘qilgan sumkacha ancha pishiq,
lekin qo‘polroq bo‘ladi. Nonushta uchun sumkacha to‘qish 12-15sm li zanjirdan
boshlanadi. Bu zanjir atrofiga oralariga ikkitadan havo halqasi to‘qilgan ustamali
ustunchalar to‘qiladi. Burilish joyida asosning bitta halqasiga
oralarida ikkitadan
havo halqasi bo‘lgan ustamali 4 ta ustuncha to‘qiladi. Ikkinchi qatorlarda keyingi
qatorlarda har bir qatorning ustunchalari o‘zidan oldingi
qatorning ustunchasiga
kiritib to‘qiladi. Sumkachaning oxirgi qatori tutash ustunchalar bilan to‘qiladi.
Dastasini bir qatorda 3-4 ustamali ustunchalar bilan to‘qiladi.
Dostları ilə paylaş: