Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
TO‘QISh TEXNOLOGIYaSI 
Buyumni qo‘lda to‘qish uchun spitsa yoki Ilgak kerak bo‘ladi. Buyumni 
junli, jun aralash ip, ipak, ip paxta, ipi, quyon va echki yunglaridan yigirilgan ip, 
ham ip va hokazolardan to‘qish mumkin. To‘qiladigan buyumga shakl berish 
uchun andozaga muvofiq yoki xisobga yarasha shu halqalar soni ko‘paytiriladi. 
Ilgak yordamida to‘qish. 
Ilgak yordamida to‘qish qo‘l mehnati turlaridan 
biridir. To‘qishning asosiy turlari – shnurcha, ustamali zanjir, ustamasiz zanjir 
to‘qish bilan tanishib olgach, namunaga yoki rasmga qarab juda xilma-xil 
buyumlar to‘qish mumkin.
 
Ilgak bilan jun, oddiy ip va ipakdan har xil buyumlar 
to‘qish mumkin. Asosiy asbob – metalldan, yog‘ochdan, plastmassadan, suyakdan 
yasalgan ilgakdir. Ilgaklar: 2 dan to 6 gacha nomerli bo‘ladi. Ilgakning nomeri 
uning yo‘g‘onligiga va ish bajaradigan (to‘qiydigan) qismining chuqurligiga 
bog‘liq. Ilgak ipning yo‘g‘on-ingichkaligiga va sortiga qarab tanlanadi. Ip 
ilgakning ish bajaradigan qismining chuqurligi (ilgagi)dan bir yarim-ikki barobar 
yo‘g‘on bo‘lishi kerak.
 
To‘qish paytida ilgakni o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmog‘i bilan 
ushlash va uni o‘rta barmoq bilan ishga solib turish kerak. Ilgakda to‘qilgan 
buyumlar halqaning shakli va o‘lchamiga qarab har xil bo‘ladi. Buyumning tekis 


166 
to‘qilishi uchun ipni bir tekis tortib turish, halqani bog‘lash, ularning soni va 
shakliga rioya qilib turish kerak. Agar halqaning o‘lchami va shakliga rioya 
vqilinmasa, halqalar sanab to‘qilmasa, buyumning ko‘rinishi va shakli buziladi. 
To‘r to‘qishning asosiy turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bular bilan talabalar 
tanishishi lozim. 
Birinchi halqa – to‘qish bu halqadan boshlanadi. Ilgak o‘ng qo‘lda bo‘ladi. 
Ip uchini halqa qilib buklab, chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmog‘i bilan 
ushlab turish kerak. Halqaga ilgakning uchini suqib va kalavadagi ipni ilib, halqa 
orasidan tortib chiqariladi. So‘ngra ip yana Ilgak bilan ilib olinadi va hosil bo‘lgan 
yangi halqa orasidan tortib chiqariladi. Ipning uchi tortiladi va 1sm qoldirib uchi 
qirqib tashlanadi. 
Havo halqasi – kalavadan ilgak uchi bilan ipni ilib halqa hosil qilishdir, 
bunda kruchokning o‘zida birinchi halqani hosil qilib olamiz. Havo halqasining bir 
nechtasi zanjir yoki shnur hosil qiladi. Shnur har qandan to‘rning asosi hisoblanadi. 
Havo halqasining soni buyum o‘lchamiga yoki rasmdagi halqa soniga bog‘liq 
bo‘ladi. Havo halqasi to‘qishda ularning o‘lchamlari bir xil bo‘lishiga e’tibor 
berish kerak. 
Ustamasiz zanjir to‘qish. Kerakli uzunlikdagi zanjir hosil bo‘lgach, burilish 
halqasi to‘qiladi. Zanjirni o‘ng tomoni bilan chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i 
bo‘ylab qo‘yiladi va chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan ushlab turib, ilgak 
zanjirning o‘ng tomonidan uchinchi halqaga suqiladi (Ilgakning o‘zida turgan 
halqa, ya’ni burilish halqasi ham qo‘shib hisoblanadi). Kalavadagi ip ilgakda ilib 
olinadi va havo halqasi orqali tortib chiqariladi. Ilgakda ikkita halqa hosil bo‘ladi. 
Yana ilgak bilan kalavadagi ipni olib, bu 
halqalar bog‘lanadi. Ilgakda yana bitta 
halqa qoladi. Ikkinchi qatorning zanjirini 
to‘qish 
uchun 
ilgakni 
navbatdagi 
halqaning o‘rtasiga suqiladi va kalavadan 


167 
yana ip ilib olib, yana havo halqasidan tortib olib chiqariladi. Ilgakda yana 
bog‘lanadigan ikkita halqa hosil bo‘ladi. Keyingi zanjirlar ham shu tariqa to‘qiladi. 
Ustamasiz zanjir bilan to‘qilgan buyumlar zich va tarang bo‘ladi.
Ustamali zanjir. Ustamali zanjir bilan to‘qilganda buyum nafis va 
jimjimador chiqadi. Bir ustamali zanjir quyidagicha to‘qiladi. Birinchi (etakchi) 
halqali ilgak uchining ustiga o‘ng tomondan ip tashlanadi – bu ip ustama ipdir. 
Ustama ipli ilgak halqaga sanchiladi (chetidan uchinchi halqa); agar ustunchalar 
zanjir bilan to‘qilsa, kalavadagi ip ilib olinadi va uni halqa shaklida ilgakka 
tortiladi. Bu vaqtda ilgakda ikkita halqa hosil bo‘ladi, ularning o‘rtasida esa ustama 
ip bo‘ladi. Ilgak bilan kalavadan ip ilib olinadi va qo‘shni halqa bilan ustama ipdan 
tortib o‘tkaziladi, ilgakda yana ikkita halqa bo‘ladi. So‘ngra ip ilib olinadi va bu 
ikkala halqadan tortib chiqariladi. Ilgakda yana bitta yetakchi halqa hosil bo‘ladi. 
Agar ustunchalar to‘qishni zanjirdan boshlamay, ustamali yoki ustamasiz zanjirdan 
iborat polotnodan boshlansa, u holda birinchi ustuni uchta havo halqasi bilan hosil 
qilinadi.
Uchinchi yetakchi halqadan ustamali ustuncha to‘qish boshlanadi. Ilgak 
bilan ishlagan vaqtda ba’zi bir maxsus terminlarni bilib olish kerak. Burilish 
halqasi – to‘qish vaqtida to‘rning bir qatoridan ikkinchi qatoriga o‘tishda ilgakda 
turiladigan halqadir. Ilgak bilan to‘qilgan qator yoki zanjirning ustki qismi bir-
biriga ulangan halqalarga o‘xshaydi. To‘qilayotgan to‘rning to‘qilish tomonidan 
tashqarida, ustidan turuvchi halqa qismi, tashqi yarim halqa deyiladi. To‘quvchiga 
nisbatan narsaning ichki tomonida turuvchi halqa qismi ichki yarim halqa deyiladi. 
Ichki va tashqi yarim halqalar asosiy halqani tashkil qiladi. Amaliy qo‘llanmalarda 
ishlarning tavsifi berilganda ilgakni qaysi halqaga – tashqi, ichki yoki asosiy 
halqaga suqish kerakligi ko‘rsatiladi.
Ustuncha (ustamali yoki ustamasiz ustuncha) to‘qib bo‘lgandan keyin 
ilgakda qolgan halqa yetakchi halqa deyiladi. U keyingi ustuncha yoki zanjirning 
boshlanishi hisoblanadi.


168 
Ayrim buyumlarni to‘qigan vaqtda ularni kengaytirish yoki zichlashtirish, 
ya’ni halqa sonini kamaytirish yoki ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Halqa qo‘shish 
uchun asosiy halqaga ustamali yoki ustamasiz bitta halqa emas, ikkita, uchta halqa 
to‘qish kerak. Buyumni qo‘shimcha havo halqalari bilan kengaytirish mumkin, bu 
halqalar ustamali yoki ustamasiz ustunchalar orasiga to‘qiladi.
Buyumlarni zichlashtirish uchun halqalalr sonini qisqartirish lozim: ustamali 
yoki ustamasiz ustunchalar asosiy halqaga to‘qilmay, oralatib to‘qiladi. Ilgak bilan 
to‘qishni o‘rganish uchun havo halqasi bir xil bo‘lgan zanjir to‘qishni mashq qilish 
kerak. To‘qilgan zanjirni bog‘ich o‘rnida ishlatish mumkin (narsalar osish, 
papkalarga bog‘ich qilish va boshqalar). Agar uzunligi 25sm li bog‘ich kerak 
bo‘lsa, ip uch barobar ortiq olinadi. Suyakdan ishlangan ilgak bilan qalin ip yoki 
sutajdan zanjir to‘qishni o‘rganish oson bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin