170
Shippak.
Bino ichida jismoniy tarbiya mashqlari
vaqtida kiyish uchun
qulaygina shippak to‘qib olish mumkin. uni istalgan rangdagi har qanday oddiy
ipdan to‘qish mumkin. Ish boshlashdan oldin oyoqni o‘lchab olish kerak. Oyoqni
bir varaq qog‘ozga qo‘yib chetidan qalam yuritib chiqiladi. Qalam izidan qog‘ozni
qirqib oyoqning andazasini olamiz. Shippak to‘qish vaqtida tumshug‘ining enini va
butun bo‘yini ana shu andazaga qarab mo‘ljallaymiz. To‘qishni 6
ta havo
halqasidan to‘qilgan zanjirdan boshlaymiz. Zanjirning uchlarini biriktirib, berk
halqa hosil qilamiz. Bu halqa atrofida ustamasiz 10 ta ustuncha to‘qiymiz,
bunda
Ilgakni halqaning o‘rtasiga kiritib to‘qiymiz, keyin bu yo‘g‘on halqa atrofini
to‘qiymiz va har bir qatorga 3-4 tadan ustun qo‘shib boramiz. Shippakni juda keng
yoki tor qilib qo‘ymaslik uchun
bajarayotgan
ishimizni
vaqti-vaqti
bilan andazaga solishtirib qo‘ramiz.
Shippak tumshug‘ining eni andaza
eniga yetmaguncha to‘qishni
davom
ettira berish kerak. So‘ngra halqa
qo‘shmasdan 7-8 qator (yoki andazaga
171
muvofiq ko‘proq) to‘qiymiz. Shippakning tumshug‘i
tashqi tomondan xaltachaga
o‘xshaydi. Shippakning tumshug‘ini to‘qib bo‘lgach, yon tomonlari va tagini
to‘qishga kirishamiz. Agar biz hozirga qalar doira bo‘ylab.
Biridan ikkinchisiga
o‘tib to‘qiymiz. Bu quyidagicha bajariladi: shippakning tumshug‘i xaltachaning
qismini to‘qib bo‘lib halqani aylantiramiz va teskari tomonga ustun to‘qiymiz.
Andazaga qarab shippakning yon tomonlari va tagini to‘qiymiz. To‘qilgan
shippakning hamma o‘lchamlari andazadagiga mos kelsa, uni ikkiga buklaymizda,
tovonini biriktiramiz. Shunday qilib, shippak tayyor bo‘ladi. Ipni uzmasdan turib,
ustamasiz ustuncha usuli bilan shippakning oyoq kiradigan og‘zi to‘qiladi.
Shippakning ikkinchi poyi ham huddi shunday to‘qiladi.
Dostları ilə paylaş: