147
Archasimon chok.
Bu chokning tekis bo‘lishi uchun qalam yoki ip bilan
uchta parallel chiziq belgilab olish kerak. Ip gazlamaning
teskari tomonidan
o‘ngiga o‘rtadagi chiziqdan chiqariladi. O‘rtadagi chiziq bilan ikki yon tomondagi
chiziqlar orasi bir xil bo‘lishi kerak. Igna gazlamaning chap yon chizig‘iga o‘ng
tomonidan qadaladi, bunda orqadagi ip ip qancha bo‘lsa, o‘ngdagi ip ham shuncha
olinadi. Dastlab igna qadalgan joydan bir nechta ip tashlab, igna yana o‘rta
chiziqqa qadaladi, keyingi safar igna o‘ng tomonga qadaladi. Bunda ip to‘g‘ri
qavishdagi kabi bo‘lmay, bir-biriga ilinib, burchak shaklida bo‘ladi.
Ayri chok
buyumlarni hoshiya qilib bezash va
buyum chetlarini qayirish
uchun ishlatiladi. Chok ikkita parallel chiziq orasiga joylashtiriladi. Qaviqlar bir-
biri bilan ayqashadi. Qaviqni har doim o‘ziga qaratib pastdan yuqoriga tikish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: