Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Oddiy buklab tikish.
Buyumning chetini buklab tikishdan oldin gazlama 
chetini teskarisiga qarab ikki marta buklab olish kerak. Qayirmaning eni 
tikiladigan buyumga bog‘liqdir. Qayirma “Tepchima chok” bilan yo‘rmab 
chiqiladi. Oddiy qayirishda igna spiralga o‘xshash harakatlantiriladi. Igna bilan 
buyum asosidan bitta ip, qayirmaning buklangan joyidan esa 2-3 ta ip ilib tikiladi.
Ko‘rinmas chok bilan buklash.
Ko‘rinmas chok bilan qaytarishda buyum 
cheti buklanadi. Ip ilon izi bo‘lib turadi. Ignaga buyumning asosiy qismidan bitta 
ip, qayirma chetidan esa 2-3ta ip ilinadi. 
Suv tortish choki.
Bu chok tashqi ko‘rinishdan shnurning buralmasiga 
o‘xshaydi. Bu chokni tikishda ignaning uchi hamma vaqt tikuvchi tomonga 
qaragan bo‘ladi. Igna gazlama teskarisidan qadaladi va gazlamaning bir nechta 
ipini tashlab o‘ngidan chiqariladi. Igna pastga qaratiladi va birinchi qaviqning 
o‘rtasidan tortib chiqariladi. Ikkinchi qaviq birinchi qaviqning oxiridan yarmicha 
joy tashlab tikiladi. Igna gazlama teskarisidan o‘ngiga birinchi qaviq tugagan 
joydan chiqariladi va shu kabi. Ip har doim ignaning bir tomonida bo‘ladi. Agar 
qaviq o‘ng tomondan mayda olinsa, chok chiroyli va bejirim bo‘ladi. Katta katta 
qaviq chokni ancha uzun qiladi. Buyum bunday chok bilan tikilsa, ish tez bitadi
lekin uning ko‘rinishi unchalik chiroyli bo‘lmaydi. 


147 
Archasimon chok.
Bu chokning tekis bo‘lishi uchun qalam yoki ip bilan 
uchta parallel chiziq belgilab olish kerak. Ip gazlamaning teskari tomonidan 
o‘ngiga o‘rtadagi chiziqdan chiqariladi. O‘rtadagi chiziq bilan ikki yon tomondagi 
chiziqlar orasi bir xil bo‘lishi kerak. Igna gazlamaning chap yon chizig‘iga o‘ng 
tomonidan qadaladi, bunda orqadagi ip ip qancha bo‘lsa, o‘ngdagi ip ham shuncha 
olinadi. Dastlab igna qadalgan joydan bir nechta ip tashlab, igna yana o‘rta 
chiziqqa qadaladi, keyingi safar igna o‘ng tomonga qadaladi. Bunda ip to‘g‘ri 
qavishdagi kabi bo‘lmay, bir-biriga ilinib, burchak shaklida bo‘ladi.
Ayri chok
buyumlarni hoshiya qilib bezash va buyum chetlarini qayirish 
uchun ishlatiladi. Chok ikkita parallel chiziq orasiga joylashtiriladi. Qaviqlar bir-
biri bilan ayqashadi. Qaviqni har doim o‘ziga qaratib pastdan yuqoriga tikish 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin