146
chokni ko‘rib chiqaylik. O‘ngdan chapga qarab tikiladigan
halqa choki bir oz
boshqacharoq tikiladi. Vertikal qaviqlar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, chok
shuncha pishiq bo‘ladi. Igna buyum chetidan va bir-biridan
bir xil masofada
qadalishiga rioya qilib borish kerak. Ikki qavat halqa
choki buyumlarni bezash
uchun ishlatiladi. U ikki yo‘l tikiladi. Avval bir xil rangdagi ip bilan buyum cheti
tikib chiqiladi. Vertikal qaviqlar orasidagi masofaning bir xil bo‘lishiga
diqqat
qilish kerak. Qaviqlarning bo‘yi bir xil bo‘lishi kerak.
Keyin boshqa rangdagi ip
bilan shu chetning o‘zi yana bir marta halqa choki bilan tikib chiqiladi.
Vertikal
qaviqlar birinchi qatorning qaviqlari orasiga joylashadi. Farq shundaki, bu qaviqlar
yuqoriroqda joylashadi, ya’ni igna material chetidan yuqoriroqqa sanchiladi.
Dostları ilə paylaş: