Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
KAShTA TIKISh TEXNOLOGIYaSI 
Kashta turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil 
matoga mashinada gul tikishdar. Kashta har xil kiyimlarga, ro‘zg‘or buyumlariga 
tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig‘ir, jun, sun’iy iplar, zar 
iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, 
qimmatbaxo tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va 
boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o‘ziga xos ish qurollari mavjud 
bo‘lib, ular o‘ziga hos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmokli va 
ilmoqsiz bigizlar, to‘g‘nag‘ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi. 
Chambarak asosan yog‘ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, 
chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va 
igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda 
yog‘och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim 
materiallarga‚ masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz 
bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o‘tkir uchli 10-12sm uzunlikdagi qaychilar 
ishlatiladi. Tikish qulay bo‘lishi uchun qatim 50-60sm dan uzun bo‘lmasligi lozim, 
kashta chambarakda tikilsa angishvona qo‘llanilmaydi. Naqsh nusxasi turli 
materiallarga har xil yo‘llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko‘chiriladigan 
qog‘ozlar taxta, yorug‘lik yordamida material ustidan buklab chiqiladi‚ keyin bu 
qog‘ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado‘zdan katta 


143 
maxorat hamda did talab qiladi. To‘g‘ri tanlangan ip kashtaning jozibador 
chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Qo‘lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqon hamda 
o‘rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi‚ matoga gul tasviri tarhini chizib, 
erkin kashta tikish. Arqon o‘rim iplari kesishtirilib‚ polotno yoki bo‘z shaklida 
to‘qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab 
tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta 
mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. O‘zbek 
kashtachiligida yo‘rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo‘zi, chamak, chipta xayol, baxya 
choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. 
Chunonchi Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda ko‘prok bosma 
choki, Buxoro, Nurota, Samarqandda yo‘rma choki bilan tikiladi. 
Chamak choki – kashta tikish choklaridan biri bo‘lib, chapdan o‘ngga ikki 
parallel chiziq bo‘ylab tikiladi va o‘tkazilgan igna ungdan sanchiladi. So‘ng 
yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va pastki chiziqqa parallel ravishda 
to‘g‘ri qadaladi hamda pasti ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki qo‘shimcha 
naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppi kizaklariga badiiy bezak berishda 
ishlatiladi. Qaychining kichik o‘tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus 
kashtado‘zlari orasida « kozlik » deyiladi. 
Bahya choki – kashta chetlarini mustaxkamlashga xizmat qilib, matoga 
xuddi buklagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa xisobga olinib tikiladi. 
Shundan so‘ng mato o‘girilib yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziq hosil 
qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo‘lda, keyinchalik mashinada tikiladigan 
bo‘lgan.
Ko‘rpa choki turli yo‘nalishda, ya’ni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, 
yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Yonma-yon 
tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, 


144 
kattadan-kichiklashib boradi. Bu chok (ikki tomonlama) sanama, piltado‘zi nomlar 
bilan yuritiladi. Do‘ppido‘zlikda va kashtalarda juda keng foydalaniladi. 
Chindi hayol – duruya choki, matoga igna qadalib bir me’yorda tikib 
chiqiladi, teskari o‘girib yana tikib chikqiladi. Shu tarika matoning oldi va orqa 
tomonida bir xil gul hosil qilinadi. Bu chok ikki tomoni ham ko‘zga tashlanadigan 
buyumlar, ya’ni sochiq, ro‘mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi. 
Yo‘rma choki yo‘rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o‘ng 
tomonida xalqalar zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning 
sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning 
xoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan 
shunday usulda tikilgan. Yo‘rma chokdan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo 
kashtado‘zlari ko‘p foydalanadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin