136
Masalan: applikatsiya ishlarini bajarishda eng avvalo kerakli mavzuni kalka
qog‘ozda qoralama chizmasini tushirib yoki chizib olinadi. Chizmani
penoplastning tekis sathiga kalka qog‘ozning tagiga kopirovka qog‘oz qo‘yib‚
tushirib olinadi. Mayda tishli arra yoki lobzik bilan qirqib olinadi. Arralashda
paydo bo‘lgan notekis joylari egovlab tekislanadi.
Tayyorlangan mavzu
qaxramonlarini fon qilib tayyorlangan qog‘ozda yoki penoplastga PVA yelimi
bilan yelimlanadi. Penoplastdan turli o‘yinchoqlar
yasashda va applikatsiya
ishlarini bajarishda quyidagi jihozlar kerak bo‘ladi: qaychi, qora kalka‚ kopirovka,
bigiz, lobzik, arra, mayda tishli egov. Quyidagi rasmda plastinka ustiga
penoplastdan applikatsiya ishi bajarilgan:
Qipiqdan ho‘l meva va sabzavotlar yasash.
Qipik maydasi kleystr bilan
aralashtiriladi. Quyuq massani shaklga kiritiladi. Oftobda uch sutkada quriydi.
Qum qog‘ozda silliqlanadi. Rang beriladi. Ustidan lak bilan bo‘yaladi.
Quruq
joyda saqlanadi.