Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


QO‘LDA TIKILADIGAN ChOKLARNING TURLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

QO‘LDA TIKILADIGAN ChOKLARNING TURLARI 
Tepchima chok.
Bu chok qanday vazifada ishlatilishiga qarab, 1,5mm dan 
to 3sm gacha uzunlikdagi qaviq bilan tikiladi. Bunda igna bitta yo‘nalishda – 
buyumga nisbatan o‘ngdan chapga qarab harakatlantiriladi. Bu chok bilan 
ko‘pincha buyumning ikkita qismi vaqtincha ko‘klab qo‘yiladi va undan keyin shu 
chok izidan pishiq tikiladi. Tepchima chok turlari rangdagi iplar bilan mayda qilib 
tikilsa, bezash choki vazifasini ham bajarishi mumkin. Tepchima chok qaviqlarini 
bir necha qator qilib bir-biriga parallel holda tikish mumkin. Bunda quyidagi 
qoidaga rioya qilish lozim: qaviqni tortib tikmaslik va ignaga ipni bir me’yorda 
o‘tkazish kerak. 
Tepchima chok bilan oralatib tikishning ahamiyati shundaki, buyumning 
ikki bo‘lagi ancha pishiq ulanadi. Bu chok ikki marta tikiladi. Avval buyum mayda 
qaviqli “tepchima chok” bilan tikilib, keyin buyumni 180° ga aylantirib olinadi va 
ana shu chok bilan orqa tomonga qarab tikib chiqiladi. Yangi qaviqlar avvalgi chok 
qaviqlari orasiga solinadi; igna esa avvalgi qaviq qadalgan joyga sanchiladi. 


145 
O‘ngidan ham, teskarisidan ham bahya chokning chap tomoniga o‘xshash chok 
hosil bo‘ladi.
Tepchima chok bilan jimjima tikish
choki. Bu ikki yo‘l tikiladigan 
elementlar bezak hisoblanadi. Avval buyum o‘ngidan “tepchima chok” tikiladi. 
So‘ngra igna bilan har bir qaviq ilib chiqiladi. Agar igna ilon izi qilib 
harakatlantirilsa, spiralsimon bo‘ladi.
Bosma chok.
Bu chok o‘ng tomonidan tepchima chokka o‘xshaydi. U 
quyidagicha tikiladi. Igna gazlamaning teskarisidan qadab, o‘ng tomonidan tortib 
olinadi. Orqadan ip qalinligini bir necha hissasi qadar joy tashlab, igna sanchiladi 
va uch hissa joy tashlab, igna o‘ngiga tortib chiqariladi. Keyingi qadash yana 
orqadan bo‘ladi. Uni birinchi va oxirgi ipga qadalgan joy orasiga qadaladi. 
Chokning teskari tomonida uchlari ayqash katta-katta qaviq hosil bo‘ladi. Bu chok 
qalin gazlamalarni pishiq qilib ulovchi chokdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin