9
Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi:
hali-beri,
erta-kech, eson-omon
kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash
bilan yoki ikkinchi
takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi:
endi-endi, asta-
asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a
kabi.
Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay,
balki ortiqligi,
kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.
Ravish tahlili namunasi
1. So`rog`i.
2. Ma’no turi.
3. Darajasi.
4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
5. Tuzilish turi.
6. Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.
Takrorlash uchun savollar
1. Ravishning ta’rifi va so`roqlari haqida gapiring.
2. Ravishlar qanday so`zlarga boјlanib keladi? Misollar keltiring.
3. Ravishlarning daraja ko`rsatish xususiyatlari haqida gapiring.
4. Holat ravishlari haqida gapiring.
5. Payt ravishlari haqida gapiring.
6. O`rin ravishlari haqida gapiring.
7. Sabab ravishlari haqida gapiring.
8. Maqsad ravishlari haqida gapiring.
9. Daraja-miqdor ravishlari haqida gapiring.
10. Daraja-miqdor ravishlari qanday turlarga bo`linadi?
11. Ravishlar qo`shimchalar yordamida qanday so`z turkumlaridan yasaladi?
12. Qo`shma ravishlar qanday yasaladi?
13. Qo`shma ravishlar qaytarzda yoziladi?
14. Juft ravishlar qanday yasaladi?
10
15. Takroriy ravishlar qanday yasaladi?
16. O`rin-payt va chiqish kelishigi shaklida ravishga aylangan so`zlar
haqida
gapiring.
17. Qanday so`zlar ravishga ko`chadi?
18. Ravishlarning otlashishi haqida gapiring.
19. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring.
20.
Ham holat, ham daraja-miqdor ravishlari guruhiga kiruvchi so`z haqida
gapiring.
21. Sifatga boјlanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring.
22. Boshqa turkum so`zlari ravishga aylan-ganda qanday qo`shimchalarni
olgan
bo`ladi?