Mavzu: ravish so‘z turkumi sifatida. Mavzu rejasi



Yüklə 498,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü498,69 Kb.
#178057
1   2   3   4
\'RUZA. RAVISH SO‘Z TURKUMI SIFATIDA

Ravishlarning yasalishi. 
O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, 
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. 
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish 
yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan 
yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat 
nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi. 
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: 
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan 
ravish yasaydi. 
-cha: 
o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha
kabi. 
Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. 



-incha: 
ko`pincha, aksincha
kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-larcha: 
o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha
kabi. 
Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-ligicha: 
tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha
kabi. Bu affiks sifat, 
ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-lay: 
tiriklay, butunlay
kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish 
yasaydi. 
-ona: 
do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona
kabi. Bu affiks ot, sifat, 
ravish asosidan ravish yasaydi. 
-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, 
ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-chasiga: 
dehqonchasiga, eskichasiga
kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga 
qo`shiladi. 
-siga: 
tikkasiga, yappisiga
kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-n (-in): 
ertan, kechin, yashirin
kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-siz, be-: 
tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov
kabi. Bu affikslar omonim affiks 
sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. 
-day (-dek): 
toshdek, gulday
kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish 
yasaydi. 
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, 
tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul 
bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi. 
Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi: 
1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni 
biriktirish bilan: 
har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon 
kabi; 



2) ko`rsatish olmoshlariga 
yon, yer, yoq
so`zlarini qo`shish bilan: 
shu yer, 
shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan
kabi; 
3) 
bir
soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki 
mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: 
bir zum, bir lahza, bir zamon, 
bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz
kabi; 
4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini 
saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: 
tez orada, 
hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha 
kabi. 
Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. 
Juft ravish quyidagicha yasaladi: 
1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: 
asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 
2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: 
bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri
kabi; 
3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) 
kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: 
yuzma-yuz, yonma-yon, dam-
badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam
kabi; 
4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz 
shaklda takrorlash bilan: 
qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-
bilinmas 
kabi. 
Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib 

Yüklə 498,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin