Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Old tomondan ko‘rinishi:
1–kurakni ko‘taruvchi mushak; 2–kurak osti mushagi;
3–yelkaning uch boshli mushagini uzun boshi; 4–yelkaning 
uch boshli mushagini medial boshi; 5–yelka mushagi;
6–yelkaning ikki boshli mushagi; 7–tumshuqsimon-yelka 
mushagi; 8–katta ko‘krak mushagi.


175
Yelkaning orqa guruh mushaklari ikkita: ancha katta bo‘lgan 
yelkaning uch boshli mushagi va tirsak mushagidan iborat.
1.
 Yelkaning uch boshli mushagi
(m. triceps brachii) kuchli 
rivoj langan bo‘lib, yelkaning orqa yuzasini qoplaydi (92-rasm). 
Uning uchta boshchasi bo‘lib: lateral boshchasi yelka suyagining 
tashqi y uzasidan va yelka mushaklari o‘rtasidagi lateral devordan, 
medial bosh chasi yelka suyagining orqa yuzasidan, yelka mu-
shaklari o‘rtasidagi lateral va medial devordan boshlanadi. Uzun 
boshchasi kurakning bo‘g‘im chuqurchasi tagidagi do‘mboq-
chadan bosh lanib, mu shak qorinchasini hosil qiladi. Unga yelka 
suyagi orqa yuzasining o‘rta qismida lateral va medial boshchalar 
qo‘shilib mushakni hosil qiladi. Mushakning yassi va keng payi 
tirsak suyagining tirsak o‘sig‘iga birikadi. 
Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. Uzun boshi yelkani 
yelka bo‘g‘imida yozadi va tanaga yaqinlashtiradi.
2. 
Tirsak mushagi
(m. anconeus)
 
uchburchak shaklida. U yel-
ka suya gining lateral do‘ng usti do‘mboqchasining orqa yuzasidan 
boshlanib, tirsak suyagi yuqori uchining orqa yuzasiga birikadi. 
Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. 
Bilak mushaklari
ko‘p sonli bo‘lib, ko‘p bo‘g‘imli mushaklar 
turkumiga kiradi, chunki ular tirsak, bilak-kaft usti va kaft suyakla-
ri bo‘g‘imlariga ta’sir etadi. Bilak mushaklari faoliyat jihatidan ik-
ki guruhga: oldingi (bukuvchi va pronatorlar), orqa (yozuvchi va 
supinatorlarga) bo‘linadi.
Bilakning oldingi guruh mushaklariga (94-, 95-rasm) qo‘l kaf-
ti va barmoqlarini bukuvchi yettita va ikkita pronatsiya qiluvchi 
mushak lar kiradi. Bu mushaklarning ko‘pchiligi yelka suyagining 
medial do‘ng usti do‘mboqchasi va bilak fassiyasidan boshlanadi. 
Bilakning oldingi guruh mushaklari to‘rt qavat bo‘lib joylashadi.
Birinchi qavat mushaklari: 
1. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin