Anatomiya 2014. indd


Qo‘lning erkin qismi mushaklari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qo‘lning erkin qismi mushaklari
Qo‘lning erkin qismi mushaklariga yelka, bilak va qo‘l kaf-
ti mu shaklari kiradi. Yelka mushaklari oldingi (bukuvchi) va orqa 
(yozuv chi) mushaklarga bo‘linadi. Ular o‘zaro yelkaning xususiy 
fassiyasi qatlamlaridan hosil bo‘lgan yelka mushaklari o‘rtasidagi 
medial va lateral devorlar vositasida ajrab turadi. Yelkaning oldin-
gi guruh mu shaklari uchta: yelkaning ikki boshli mu shagi, tum-
shuqsimon-yelka mushagi va yelka mushagidan iborat (93-rasm).
1. 
Yelkaning ikki boshli mushagi
(m. biceps brachii)ning ik-
ki: uzun va kalta boshchasi bor. Uzun boshchasi kurak suyagining 
bo‘g‘im chuqurchasi ustidagi do‘mboqchadan boshlanadi. Uning 
payi yelka bo‘g‘imi xaltasi ichida do‘mboqchalararo egatda yota-
di. Kalta boshchasi
 
kurakning tumshuqsimon o‘simtasidan bosh-
lanadi.
Yelkaning o‘rta qismida mushakning ikkala bosh chasi o‘zaro 
birikib duk shaklidagi umumiy qorinchani hosil qiladi. Mushak 
payi bilak suyagidagi g‘adir-budir do‘nglikka birikadi. Faoliyati: 
yelkani yelka bo‘g‘imida bukadi. Bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi 
va tashqariga buradi.
2. 
Tumshuqsimon-yelka mushagi
(m. coraco bra chialis)
 
tum-
shuqsimon o‘simtaning uchidan boshlanadi. Uning yassi payi yel-
ka suyagining medial yuzasiga, kichik do‘mboqcha qirrasi 
dan 
past roqqa birikadi. Faoliyati: yelkani yelka bo‘ g‘imida bukadi va 
tanaga yaqinlashtiradi.
3. 
Yelka mushagi 
yelkaning ikki boshli musha-
gi ostida yotadi. Yelka suyagining pastki uchdan 
ikki qismidan, deltasimon g‘adir-budirlik va tir-
sak bo‘g‘imi xaltasi oralig‘idan boshlanib, tir-
sak suyagining g‘adir-budir do‘ngligiga birikadi. 
Fao liyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi.
93-rasm. Yelka kamari va yelka mushaklari.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin