183
Uning uchi bukuv chi mushaklarni ushlab turuvchi bog‘ichga, aso-
si esa barmoq larga qaragan bo‘ladi. U uchta guruh mushaklarni
va ularning orasida joylashgan barmoqlarni bukuvchi mushaklar
paylarini, shuning
dek, chuvalchangsimon mushaklarga alohida
fassiyal sohalar hosil qiladi. Kaftning orqa yuzasi fassiyasi ikki:
yuza va chuqur qatlamdan iborat. Yuza qatlam yaxshi bilinmay-
di. Chuqur qatlam yaxshi rivoj langan bo‘lib, dorsal suyaklararo
mushaklarni yopib turadi.
Barmoqlarda aponevroz qatlamlar falangalar suyak pardasi-
ga birikadi va kaft tomonda barmoqlarning suyak-fibroz kanal-
larini hosil qiladi. Bu kanallarda sinovial qinlar bilan o‘ralgan
barmoqlarni bukuvchi mushaklar paylari o‘tadi. I–IV barmoq-
larning pay qinlari alohida-alohida bo‘lib, kaft usti sohasiga-
cha boradi. V barmoqning pay qini barmoqlarni bukuvchi mu-
shaklarning umumiy pay qiniga qo‘shilib ketadi. Shuning uchun
analizga qon olgan vaqtda jimjiloq qa nina sanchish mumkin
emas, chunki infeksiya qo‘l kaftiga tarqalishi mumkin. Shu sa-
babli jimjiloqda bo‘ladigan yiringli jarayonlar ham xavflidir.
Dostları ilə paylaş: