Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tizza osti mushagi
(m. popliteus)
 
taqim osti chuqurchasi-
ning tubida yotadi. Qalin pay bilan son suyagi lateral do‘nligining 
tashqi yuzasidan boshlanadi va katta boldir suyagining orqa yuza-
siga kambalasimon mushak chizig‘i ustiga birikadi.
Faoliyati: tizzani bukadi va ichkariga buradi. Tizza bo‘g‘imi 
xaltasini taranglaydi.
4. 
Barmoqlarni bukuvchi uzun mushak
(m. flexor digitorum 
longus)
 
katta boldir suyagi orqa yuzasining kambalasimon mu-
shak chizig‘i dan pastroqdan, boldir fassiyasi va boldirning orqa 
suyaklararo to‘sig‘idan boshlanadi. Uning payi pastga yo‘nalib, 
medial to‘piqning orqasidan, so‘ngra oshiq suyagining tayanchi 
ostidan o‘tib to‘rtta payga bo‘linadi va II–V barmoqlarning distal 
falangalariga birikadi.
Faoliyati: II–V barmoqlarning distal falangalarini bukadi, 
shu ning dek, oyoq panjasini bukib tashqariga buradi. 
5. 
Oyoqning bosh barmog‘ini bukuvchi uzun mushak
(m. flexor 
hallucis longus)
 
kichik boldir suyagi tanasining pastki uchdan ik-
ki qismidan, suyaklararo pardadan boshlanadi. Uning payi medial 
to‘piq orqasidan, oshiq suyak orqa o‘simtasi va oshiq suyagining 
tayanchi ostidagi egatdan o‘tib, bosh barmoqning distal falangasi-
ga birikadi. Faoliyati: oyoq panjasi bosh barmog‘ini bukadi, oyoq 
panjasini bukishda va yaqinlashtirishda, oyoq gumbazini mustah-
kamlashda ishtirok etadi.
6. 
Orqadagi katta boldir mushagi
(m. tibialis posterior)
 
boldir-
ning orqa yuzasida chuqur yotadi. Kichik boldir suyagi tanasining 
orqa yuzasidan, katta boldir suyagi tashqi do‘ngligining past ki yuza-
si, tanasining yuqorigi uchdan ikki qismi va suyaklararo pardadan 
bosh lanadi. Uning kuchli payi medial to‘piqning orqasidan oyoq 
kafti ostiga o‘tadi va qayiqsimon suyak g‘adir-budurligiga, uchta 
ponasimon suyaklar, shuningdek, IV kaft suyagi asosiga birikadi. 
Faoliyati: oyoq panjasini bukadi, ichki chekkasini ko‘taradi, 
yaqin lashtiradi va supinatsiya qiladi. 
Boldir mushaklarining lateral guruhiga uzun va kalta-kichik 
boldir mushaklari kiradi.


193
1. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin