486
tolalarga bo‘linadi. Tugun oldi tolalar
markazdan avtonom tugun-
gacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan a’zolargacha boradi.
2. Avtonom nerv tugunlari joylashishiga qarab:
a) paravertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining yon tomoni-
da joylashadi.
b) prevertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining
old tomonida
joylashadi. Bu ikki guruh tugunlar simpatik nerv tizimiga taalluqli.
d) intramural tugunlar – ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular
mu shak pardada (harakatlantiruvchi, Aurbax), shilliq osti (sezuvchi,
Meys ner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugun-
lariga bo‘linadi.
e) oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo‘nalishida)
joylashgan tugunlar. Bu ikki guruh tugunlar
parasimpatik nerv tizi-
miga taalluqli.
3. Avtonom nerv chigallari bo‘shliqlarda qon tomirlar va a’zolar
atrofida joylashadi.
Dostları ilə paylaş: