8- mavzu: Qadimgi davr me'morchiligi.
Reja:
1. Ibtidoiy davr me'morchiligi.
2. Qadimgi Misr arxitekturasi.
3. Qadimgi Yunon arxitekturasi.
Maqsad
: Talabalarga ibtidoiy davr me'morchiligi, quldorlik davlatlarining
me'morchiligi to`g`risidagi tasavvurlarini boyitish va bu boradagi ma`lumot
berish.
Ibtidoiy davr me'morchiligi.
Qurilish faoliyatining boshlanishi paleolit
zamonasiga borib taqaJadi. U davr insonlarning tashqi
muhit noqulayliklari va
yovvoyi hayvonlarning ta'sirlaridan o'zlarini muhofaza qilish uchun oddiy tosh
qurollari yordamida dastlabki turar-joylarni tiklashlari bilan bog'liqdir. Yog'och
mavjud bo'lgan hududlarda, odatda, shox-shabbalar bilan yopilgan yerto'lalar, ikki
qiyali yoki konussimon shakldagi yopmalardan iborat
alohida turuvchi chaylalar
qurilgan.
Me'morchilik faoliyati so'nggi paleolit zamonasida boshlangan deyiladi. Bu
davrda quriiish texnikasi oddiy utilitar masalani yechuvchi texnik faoliyatdan
insonlarning oddiy ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtiruvchi
murakkab tartibdagi
masalalarni yechuvchi faoliyatga o'ta boshlaganligi bilan xarakterlangan.
Oddiy konstruktiv elementlar va tizimlarni estetik fikrlash tektonika bilan
bog'liq bo'lgan. Keyinroq aniq g'oyaviy-badiiy mazmunni rivojlanishi badiiy texnik
quriiish davrini, ya'ni arxitektura davri boshlanganligini bildiradi.
Bu davr bilan
inson faoliyatining yangi qirrasi - badiiy san'atni paydo bo'lish jarayoni ham
bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: