9- mavzu: O‘rta asrlar davri me'morchiligi.
Reja:
1. Sharqiy Yevropa mamlakatlari arxitekturasi
2. Vizantiya arxitekturasi.
3. Roman va gotika arxitekturasi.
Maqsad
: Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Vizantiya arxitekturasi. Roman
va gotika arxitekturasi to`g`risidagi tasavvurlarini boyitish va bu boradagi
ma`lumot berish.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari arxitekturasi.
IV asrning oxirlarida Rim
imperiyasi yemirilgandan so'ng, imperator Konstanin tomonidan poytaxt
Yunon Vizantiyasiga, ya'ni Konstantinopolga ko'chirilgan.Vizantiya
arxitekturasi uch davrga bo'linadi: erta Vizantiya (V - VIIasrlar); o'rta
Vizantiya(VIII -XIII asrlar); kech Vizantiya (XIII - XV asrlar)
arxitekturasi.Vizantiya arxitekturasining gullagan
payti birinchi davrga
to'g'ri keladi. Antik dunyo arxitekturasi an'analarini davom ettirishib, shu
bilan birrga, u o'zida Sharq mamlakatlari xalqlarining arxit ektura
yutuqlarini mujassamlashtirgan.
Qurilish usullari va konstruksiyalari.
Vizantiya arxitekturasi
Rimdan arka - gumbazsimon konstruksiyalarni me'ros qilib olsada ammo
beton
texnikasidan voz kechib, konstruksiyalar asosan g'isht va tabiiy
toshlardan bajarilgan. Tomlar, asosan gumbazsimon
konstruksiyalardan
qilingan. Eng ko'zga ko'ringan konstruktisiya yutuqlardan biri, bu to'rt
ustunga tayanadigan, parus shaklidagi gumbazni yaratilishi bo'lgan
.
Asosiy qurilish materiallari bo'lib, yassi g'isht
- plinf xizmat
qilgan. Uning o'lchamlari 35,5x35,5x 5,1 sm bo'lgan. Tabiiy toshlarga
boy bo'lgan
Sharqiy rayonlarda esa, devor terishda yo'nilgan toshlardan
foydalanilgan. Qorishmaga ohak ishlatilgan bo'lib,
unga maydalangan
g'isht
qo'shilgan.
Gumbazsimon
konstruksiyalarni
yengillashtirish
maqsadida g'ovakli tabiiy toshlar pemzalardan foydalanilgan. Tomlar
cherepitsalar yoki qo'rg'oshin tunikalar yordamida qoplangan.
Vizantiya arxitekturasi yutuqlarining eng cho'qqisi
deb Yunon
arxitektorlari
-
Anfim
va
Isidor
tomonidan
532-537-yillarda
Konstantinopolda qurilgan Sofiya soborini tan olishadi. Sofiya sobori
Vizantiya imperiyasining asosiy bo'lim
bo'lib, rejadagi o'lchamlari
74,8x69,7 m ga teng gumbazdir. Gumbazning diametri 31 m,
balandligi
23 m ni tashkil etgan, u 4 ta pilonga tayangan
.
Dostları ilə paylaş: