10- mavzu: Yangi tarix davri me'morchiligi.
Reja:
1. XV–XVI asrlar Italiyada uyg'onish davri me‘morchiligi.
2. Barokko me‘morchiligi.
3. Rus me‘morchiligi.
Maqsad
: XV–XVI asrlar Italiyada uyg'onish davri me‘morchiligi. Barokko
me‘morchiligi. Rus me‘morchiligi to`g`risidagi tasavvurlarini boyitish va bu
boradagi ma`lumot berish.
XV–XVI asrlar Italiyada uyg'onish davri me’morchiligi.
Tug‘ilib
kelayotgan burjuaziyaning o‘rta
asr feodalizmi din, axloq-odobining shakli va
huquqga nisbatan kurashi keng progressiv harakat-gumanizm yo'nalishiga asos
soldi. Gumanistlar o'z ijodlarida ko'pincha, antik dunyo madaniyatiga tayanganlar.
Shuning uchun XV - XVI asrlarda Italiyadagi madaniy yo'nalish Renessans yoki
uyg'onish davri deb atalgan. Gumanistik dunyoqarash shaxsni rivojlanishiga asos
bo'lgan. Bu davrlarda bir qator ajoyib arxitektorlar, haykaltaroshlar
va rassomlar
dunyoga kelgan. Bunga misol qilib Brunelleski, Leonardo da Vinchi, Bramante,
Rafael, Mikelandjelo, Palladio va boshqalarni nomlarini keltirish mumkin. Bu
davrning nazariy me'rosi qilib anchagina me'morchilik asarlarini ko'rsatish
mumkin. Leon Bat sti Mbertining ―Me'morchilik haqida o'n kitob‖,
Andrea
Palladioning "Arxitektura haqida to'rt kitob", Jakomo Baroststi da Vinolining
"Arxitekturaning beshta order qoidalari", Leonardo da Vinchining asarlari va
boshqalar shular jumlasidandir.
Uyg'onish davrida binolarining qurilish texnikasi
Gotika davridan farq
qilgan. Bu davrda antik Rim arxitekturasi an'analari davom ettirilgan. Gotika
usuliga mansub bo'lgan strelkasimon gumbazlar o'rnini yana yarim sirkulli
gumbazlar egallagan.
Uyg'onish davri arxitekturasi Italiyada uchta asosiy davrga bo'lingan: erta,
baland va kechki. Erta uyg'onish davrining markazi Florensiya bo'lgan.
Filippo Brunelieski (1377-1446-yillar) uyg'onish
davrining birinchi eng
buyuk arxitektorlaridan bo'lgan. Uning eng ko'zga ko'ringan va shu davr
arxitekturasi yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan binolari Florensiyadagi tarbiya
uyi (1419-1444-yillar) va Paststi kopellasidir
.
Leon Battisti Alberti (1404-1472)
Florensiyada 1446-1451 yillarda Ruchelayi palaststosini yaratgan
.
Baland uyg'onish davri arxitektorlariga Donato Andjelo Bramante (1444-
1514), Mikelandjelo Buonarroti (1475 - 1564)
va boshqalarni misol qilib
ko'rsatish mumkin. Bu arxitektorlarning qurdirgan binolar nihoyatda mashhurdir.
Bu me‘morchilik uyg'onish davriga, aniqrog'i Mikelanajelo ijodiga borib taqaladi.
Shuning uchun ham Mikelandjeloni ―Barokkoning otasi‖ deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: