400
Xulosa
Gidrokreking jarayoni asosan har xil xom-ashyolardan kam oltingugurtli
yoqilg‗i distillyatlarini olish uchun mo‗ljallanadi.
Amalda gidrokrekingga
vakuumli va atmosfera gazoyli, termik gazoyl‘ va katalitik kreking,
deasfaltizatlar
va kam holatda mazutlar, gudronlar mahkum qilinadi hamda
avtomobil benzinlarini, reaktivlarini va dizel yoqilg‗isini,
neftkimyosi sintezi
uchun xomashyosi, ba‘zida suyultirilgan uglevodorod gazlari (benzin
fraksiyasidan) ishlab chiqariladi. Gidrokreking jarayoni-ekzotermik bo‗lib,
reaktorning balandligi bo‗yicha xomashyo aralashmasini haroratini
tenglashtirish uchun katalizator qatlamlarining oraliq zonalariga sovuq vodorod
tarkibli gazni kiritish oldindan mo‗ljallanadi. Mavhum
suyultirilgan qatlamli
katalizatorni uch fazali gidrokreking jarayoni yuqori smola, oltingugurtli va
metallorganik birikmali neftning qoldiqlaridan
kam oltingugurtli neft
mahsulotlarini olish uchun mo‗ljallanadi. Mavhum suyultirilgan qatlam
gidrokreking jarayoni bitumsimon qumlardan ajratilgan yuqori qovushqoqli
neftdan ―
sintetik‖
neftni olishda keng tarqalgan. Katalitik
gidrotozalash asosan
deparafinlangan rafinatlar buyoqlarini jadalligini kamaytirishda hamda uni
oksidlanishga barqarorligini yaxshilashda ham qo‗llaniladi. Ko‗pgina neft
yog‗larini gidrotozalash qurilmasi uchta o‗zaro almashtiriladigan parrallel
texnologik chiziqqa ega bo‗lib, bir vaqtning o‗zida alohida har xil qovushqoqli
yog‗larni tozalashi mumkin. Og‗ir va vakuumli gazoylni gidrotozalash qurilmasi
jarayonining asosiy maqsadi-og‗ir distillyatlarni
gidro-oltingugurtsizlantirish,
masalan vakuum gazoyllari katalitik kreking qurilmasining qayta ishlaydigan
xom-ashyosi yoki qozon yoqilg‗isini kam oltingugurtli komponenti hisoblanadi
hamda olefinlar (suv bug‗ini qatnashtirib piroliz qilish) yoki yuqori sifatli
elektrod koksi ishlab chiqarishda qo‗llaniladi. Neftni qayta ishlashda atmosferali
haydash qurilmasi qoldig‗i-mazutni qaynash haroratiga ko‗ra fraksiyalarga
ajratishda yuqori harorat evaziga qoldiqning termik parchalanishi kuzatiladi.
Atmosferali haydash qurilmasi qoldig‗i-mazutni
fraksiyalarga ajratish
muammosi mazutni past bosimda haydash orqali bartaraf etiladi.