437
Neft moylarini deparafinlash Deparafinlash jarayonlarining samaradorligiga xom ashyo sifati, tabiati, tarkibi
va xom ashyoga qo‗shiladigan erituvchini o‗tkazib berish karraligi, xom ashyo
eritmasini sovutish tezligi ta‘sir ko‗rsatadi.
Deparafinlashda qo‗llaniladigan erituvchilar quyidagi xossalarga ega
bo‗lishi kerak:
jarayon haroratida xom ashyoning qattiq uglevodorodlarini eritmaslik
kerak, suyuqlarni eritish kerak;
deparafinlash va deparafinlangan moyning haroratlarini orasida minimal
farqni ushlab turishga imkon berish, bu haroratlar orasidagi farq
deparafinlashning harorat effekti deb ataladi ;
deparafinlash haroratida kristallanmasligi uchun ancha past qotish
haroratiga ega bo‗lishi kerak;
korrozion – tajovuzkor bo‗lmasligi kerak.
Neft mahsulotlarini deparafinlash bir necha usulda bajariladi:
qattiq uglevodorodlarni past temperaturada kristallash;
xom ashyoni eritmasidagi qattiq uglevodorodlarni tanlovchi (saylovchi)
erituvchilar bilan;
karbamid bilan kompleks hosil qilish yuli bilan;
qattiq uglevodorodlarni katalitik usulda past temperaturada qotadigan
mahsulotlarga aylantirish usuli bilan;
Xom ashyoni adsorbsiya usuli bilan yuqori va past temperaturada
kristallanadigan mahsulotlarga ajratish yuli bilan; Biologik ta‘sir bilan.
Bunday uglevodorodlarni eruvchanligi qattiq moddalarni suyuqlikda erish
nazariyasiga bo‗ysunadi va quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi fraksiyalarni qaynash temperaturasi
va zichligi ortishi bilan kamayadi;
a)bir xil temperatura oralig‗ida qaynovchi fraksiyalar uchun bir
gomologik qatoridagi qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi ularni malekulyar
ssalarni orgishi bilan kamayadi;
438
v) Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi temperatura ortishi bilan
pasayadi.
Deparafinizasiya jarayonida ishlatiladigan eruvchi quyidagi talablarga javob berish kerak: Erituvchi
jarayonni
temperaturasida
xom
ashyodagi
suyuq
uglevodorotlarni eritib qattiq uglevodorodlarni eritmasligi kerak.